Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Tayyorladi : Maxmudova Zarnigor


Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog‘i, das-turiy mahsulotlar, ma'lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitdir


Download 0.58 Mb.
bet6/7
Sana08.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1250000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari ( Maxmudova Zarnigor )

Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog‘i, das-turiy mahsulotlar, ma'lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitdir.

Axborot tizimining asosiy maqsadi — axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir.

Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson-kompyuter tizimidir.

Axborot texnologiyasi — kompyuterda axborotni qayta ishlashda xodimlarning aniq yo‘naltirilgan harakatlar to‘plamidir.

Axborot tizimi — qaror qabul qilishni qo‘llab — quvvatlash va axborot mahsulotlarini ishlab chiqarishda kompyuter axborot texnologiyasidan foydalanayotgan inson-kompyuter tizimidir.

Ахborot tizimi


Ахborot tizimi
Telekommunikatsiya tizimi
Kompyuter tizimi
Korxona tizimi

Ахborotlashgan jamiyat. Axborotni kodlash

Jamiyatning axborotlashuvi deganda , zamonaviy Axborot tehnologiyalar va telekomunikasiyalar asosida davlat hokimiyati, turli vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korhonalari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, hamda fuqarolarining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini etarli va to‘la qoplab oladigan, qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy jarayon tushuniladi.

Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir. Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikasiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Har xil turdagi ma’lumotlar (tovush, matn, tasvir, video) kompyuterda raqamlar (kodlar) ko‘rinishida saqlanadi. Har birini saqlashda kompyuter maxsus qoidani qo`llaydi. Masalan: musiqani saqlash uchun u har bir vaqt intervalida bo‘lgan tovush tebrlanish kodini xotiraga saqlaydi; tasvirda esa tasvirni bir nechta satr va ustunlarga bo`lib, kesish nuqtalarning har birining rangini kodini xotiraga saqlaydi; matnda esa har bir belgi, raqam, harf kodini xotiraga saqlaydi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling