Zamonaviy ayollar libosini loyihalashda ularning oyoqlaridagi nuqsonlarni berkitish


Download 42.74 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi42.74 Kb.
#234520
1   2   3
Bog'liq
Умида Тухтабоева2

Annotation:

This article is about how to hide leg imperfections in modern women's clothing design, which provides the types of leg imperfections and how to hide them.

You can also learn about using illusions in clothing design to hide imperfections in your legs.
Har qanday tarixiy davrdagi kostum shaklining zaminida odamning muayyan darajada plastik nafis obrazi va gavdasi (qad-qomati) yotadi. Muayyan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tikuvchilik rassomlarining qanchalik me’yor, estetik ideal bilan yondoshganligi moddiy muhit predmetlari uslubining, ko‘p turlilikdagi birligining xarakterini belgilab beradi.

Dizaynerlik mutaxassisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish zarur. Inson gavdasi odatda tana, bo‘yin, bosh, qo‘llar va oyoqlar kabi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi. Gavda tuzilishida odamning suyak qismlari asosiy rol o‘ynab u gavdaning tayanchi bo‘lib hisoblanadi va odam tanasining shakliga ta’sir qiladi. Odam skeleti bosh, tana, qo‘l va oyoq suyak qismlaridan tashkil topgan.

Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning erkin suyaklaridan iborat. Oyoqlarning erkin suyaklari jumlasiga yonbosh (son) suyagi katta va kichik boldir suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi [2,17].

Psixologlar fikriga ko’ra, 20-40 soniya ichida shakllangan inson haqidagi birinchi taassurot, ko'pincha keyingi barcha aloqalarga ta'sir qiladi. Axborot olish uchun atigi uchta kanal mavjud va ular shunday taqsimlanadi:

55% - og'zaki bo'lmagan (tashqi ko'rinish, o'zini tutish, imo-ishoralar va mimika), ya’ni tashqi ko’rinishiga qarab;

38% - vokal (ovoz ohangi, nutq uslubi);

7% - og'zaki (suhbatning mazmuni) ya'ni, u nima deydi.

Shuning uchun tashqi ko'rinish inson haqidagi asosiy ma'lumot oqimini olib yuradi. Afsuski, inson qiyofasi har doim ham umumiy qabul qilingan kanonlarga mos kelavermaydi [10].

Inson qiyofasining tashqi nomukammalligi ustida dizaynerlar ish olib boradilar. Albatta buni amalga oshirish juda oddiy va hech qanday jaroxatlarsiz kechadi. Dizayner ob'ektlar bilan shug'ullanadi, lekin uning maqsadi ob'ekt emas, balki shaxsdir. Dizaynerning vazifasi shunchaki chiroyli obrazni modellashtirish emas, balki kiyimlarni kesish, qirqish, rang berish orqali buyurtmachi o’zini qulay va g’ozal his etadigan libos yaratishdir [7,39].

Barkamol obrazni yaratish ustida ishlashda dizaynerga vizual illyuziya qonunlarini bilish va ulardan kostumni loyihalash jarayonida foydalanish qobiliyati yordam beradi. Viziual illuziyalar odatda asl qomatni idealga yaqinlashtish maqsadida foydalanladi, masalan, bo’yni uzunroq, belni ingichka, yelkalarni tor yoki keng, ko'krakni kichikroq yoki kattaroq ko'rsatish va boshqa holatlarda.

Ko‘zning aldanishi (illyuziya) deganda buyumni ko‘rishdan hosil bo‘lgan taassurot tushuniladi, lekin bu taassurot buyumning boshqa sezgi organlari orqali idrok qilinishidan boshqacha bo‘ladi va mazkur buyum to‘g‘risidagi bilimimizga mos kelmaydi.

Ko‘z bilan chamalashdagi normal aldanish ham ba’zan ko‘zning aldanishi deb ataladi. Biz haqiqatan ham to‘g‘ri chiziq o‘rniga egri chiziqni, past bo‘yli odam o‘rniga novcha odamni ko‘ramiz va hokazo. Ko‘zning aldanishi fizik, fiziologik va psixologik sabablarga bog‘liq.

Kiyimda ranglarni, chiziqlar, burchaklar yo‘nalishi, shakl, sath, masofa, oraliq va hokazolarni idrok qilishda ham ko‘zning aldanish xususiyatidan foydalaniladi. Idrok qilishdagi aldanish quyidagi turlarga ajratiladi: shaklni ikki o‘lchovda idrok qilishdagi aldanish, uchinchi o‘lchovni idrok qilishdagi aldanish va rangni idrok qilishdagi aldanish (bu holda shakl o‘zgaradi) va hokazo.

Kiyimni loyihalashda ko‘zning yuqorida aytib o‘tilgan aldanishlaridan ya’ni illyuziyalar guruhidan turlicha foydalaniladi. Demak, odam gavdasidagi ayrim nuqsonlarni: to‘lalikni, ozg‘inlikni, novcha bo‘ylilikni, past bo‘ylilikni va hokazolarni kiyimni ko‘rish illyuziyalari orqali chalg‘itish mumkin, ya’ni kiyimdagi mutanosiblik, chiziqlar, gazlama, rangi, fakturasi, gullari orqali gavda ko‘rinishini o‘zgartirib ko‘rsatish mumkin bo’ladi.

Libosda illyuziya yoki vizual aldash uzoq vaqt davomida ishlatilgan. Kostum tarixida biz qanday qilib juda keng yubkalar yordamida belni "toraytirganliklari", vertikal qirqishlar yordamida bo'ylarini oshirganliklari va hokazolardan foydalanishganini guvohi bo’lamiz.

Vizual illuziyalar - bu inson nigohiga asoslangan optik illuziyalar hisoblanadi. Biz ko'pincha ob'ektni asl holatida emas, balki bizga taqdim etilgan versiyada ko'ramiz.

Inson qomati muamolari orasida ayniqsa keng tarqalgani bu oyoq nuqsonidir. Unga nafaqat qiyshiq oyoqlar, balki orttirilgan variko’z, ko’karishlar, sellyulit va hokazolar kiradi. Bunday holatda odatda to’q rangli kalgotkalar, shimlar yoki uzun yupkalar yordamida nuqson yashiriladi.

Ammo, shunday oyoqlar borki, ular tug’ma yoki yoshlik vaqtidagi nojo’ya harakatlar tufayli noodatiy shakllangan bo’ladi. Masalan, “O” shaklga ega oyoqlar: bunda oyoqning tizza qismi ikki yon tomonga kengayib ketgan bo’ladi. Yoki “X” shaklidagi oyoqlar: bunda aksincha tizza bir-biriga yopishib turadi. “П” shaklidagi oyoqlar. Buday turdagi oyoqlardan ayniqsa ozg’in ayollar aziyat chekadilar. Oyoqlar ingichkaligi tufayli ikki oyoq orasi keragidan ochiq bo’ladi.

Birinchi turdagi oyoqlarni yashirish uchun asosan tekis to’piqqacha uzun yubka tanlaganlari ma’qul. Bunday yubka atrofdagilarga oyoqlarni tekis ko’rsatish bilan birga ayollik qomatiga yanada ishlov beradi. Xuddi shunday uzunlikda bo’lgan trapetsiyasimon yubkalar ham bunday turdagi oyoqlar uchun ayni muddaodir [10].

Ikkinchi turdagi oyoq egalariga vertikal holatdagi qalin yoki ingichka chiziqlar bilan bezatilgan uzun tekis yubka tavsiya etiladi, yoki vertikal qilib joylashtirilgan biror bezak tushirilgan bo’lishi ham mumkin.

Uchinchi turdagi oyoqlarga ega ayollar trapetsiyasimon uzun yubka tanlaganlari ma’qul. Bu ularni oyoqlarini to’lacha ko’rsatishga imkon beradi.

Har uchala turdagi oyoq sohibalariga asosan uzun yubka tavsiya etiladi ammo, shim kiyishni xush ko’ruvchilar yo’l yo’l chiziqli matodan tikilgan klyosh shimlardan foydalanishlari mumkin. Ammo, tor, oyoqqa yopishib turgan shim yoki lasina tavsiya etilmaydi [12].

Monoxrom obraz (bunda libosning barcha detallari bir xil rang gammasi bilan bog’liq bo’ladi) siluetni, shu qatorda oyoqning kamchiliklarini to’ldiradi va atrofdagilarda qad-qomatni kelishgan qilib ko’rinish taassurotini beradi. O’ta yorqin rangdagi shim va yubkalar kiyishning keragi yo’q, bunday ko’zga tashlanuvchi liboslar va oyoq kiyim faqatgina oyoqning nuqsonini yanada bo’rttirib ko’rsatib beradi.

Baland, oyoqqa u qadar yopishib turmaydigan etiklar nuqsonli oyoqlar uchun ayni muddaodir. Bunday oyoq kiyim bilan xattoki kalta yubka yoki ko’ylak kiysa ham bo’ladi.

Bundan tashqari to’la oyoqlar ham mavjudki, uni nuqson sifatida kiritmasakda, bunday oyoq egalari oyoqlaridagi to’lalikni yashirishga urinadilar. Ularga tizzadan pastroq yoki to’piqqacha bo’lgan uzunlikda tekis yubka tavsiya etiladi. Eng muhimi yubka uzunligi oyoqning aynan to’lacha qismida to’xtagan bo’lishi kerak emas. Shimning ham tekis klassik usuldagisi bunday oyoq egalarini qoniqtiradi. Xaddan ortiq yopishgan yoki keng turdagi shimlardan qochgan ma’qul, bunday shimlar oyoqni yanada to’la ko’rinishiga sabab bo’ladi. Faqat qora yoki boshqa to’q rangdagi hech qanday naqsh va bezaklari bo’lmagan kalgotkalardan foydalanish tavsiya etiladi. Oyoq kiyim to’q rangli va poshnasi baland bo’lgani ma’qul, bunday turdagi oyoq kiyimlar oyoqni uzunroq ko’rsatish orqali to’lalikni bilintirmaydi.

Qanday qilib ingichka oyoqlarni yashirish mumkin? Kamdan-kam hollarda bo’lsada o’z ingichka oyoqlarini yashirishga urinadigan ayollar ham mavjud. Tog’ri tanlangan yubka va shimlar bu borada ularga ko’mak beradi. Shimni xuddi to’la oyoq egalari kabi tekis klassik oyoqqa uncha yopishmagan va keng bo’lmagan turini tanlaganlari ma’qul. Yubkani qomatga moslab tanlash lozim. Ammo, haddan ortiq hajmli va keng bo’lmasligi kerak, bu oyoqning ingichkaligini yaqqol ko’rsatib qo’yadi. Yorqin rangli bezakdor poshnali oyoq kiyimlar ingichka oyoqlarga hajm beradi [13].

Xulosa qilib aytganda, aslida barcha ayollar kabi ularning oyoqlari ham o’ziga xos go’zaldir, faqat unga to’g’ri ishlov berilsa bas. Bu borada keltirib o’tilgan tavsiyalar ularga yaxshi ko’mak beradi. Libos tanlashda illyuziyadan foydalanish bugungi kunda moda olamida eng ommalashgan jarayonlardan biridir.


Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling