Zamonaviy darsliklarga qo’iyladigan talablar. Darslik bilan ishlash metodikasi


Download 155.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi155.44 Kb.
#1343990
  1   2
Bog'liq
6Vddh5VZlC42JGv75I03oWnZkhizjXwRqHaF5SqU



Zamonaviy darsliklarga qo’iyladigan talablar. Darslik bilan ishlash metodikasi . 
Darslik fan yutuklari asoslarini o’zida mujassamlashtirgan eng muhim ta`lim 
vositalaridan biri hisoblanadi.
Fan asoslarining darslikda mantiqan izchil va ilmiy bo’lishida quyidagilarga e`tibor 
berish kerak. 
1. Geografik ob`ekt va hodisani tadqiq qilish va u haqda har xil axborotlar to’plash. 
2. Yig’ilgan axborotlarni ma’lum tizimga tushirish. 
3.Qonuniyatlarni tushuntirib bayon etish, ular o’rtasidagi sabab aloqadorlikni o’r-
natish 
4.Ilmiy informatsiyalarini o’quv qo’llanmalar, maqolalar tarzida chop qilib turish
va shu tarzda kelajakda ulardan darsliklar yaratishda foydalanish
O’quv predmeti mazmunida fan yutuqlarini aks ettirishda qo’yidagilarni e`tiborga 
olish maqsadga muvofiq. 
1.Materiallarning muammoli bayon qilinishi 
2.O’quvchilarni izlanishga o’rgatishi 
3.Sabab oqibatlar aloqadorligi tarzidagi materiallar berilishi 
4.Materialning mantiqan izchil yoritilishi 
5.Kuzatish natijasidagi materiallarning berilishi 
6.Qiziqarli materiallarning bo’lishi 
7.Darslik matnining murakkab bo’lmasligi 
8.Zarur kartalar, chizmalar va boshqa illyustrativ materiallarning bo’lishi 
9.Xorijiy mamlakatlar tajribasi aks etishi 
1O.Matnning 45-5O% har xil illyustrativ materiallardan iborat bo’lishi
darslikning jahon standartlari darajasida bo’lishiga imkoniyat yaratadi. 
Geografiya darsligi bilan ishlash usullari 
Darslik bilan ishlashga kirishishdan oldin darslik nomi, mualliflar xaqida 
ayrim ma‘lumotlar, darslikning yirik mavzulari, mazmuni, ilovalari, rasmlari
kartalari bilan o’quvchilarni tanishtiradi va ular bilan qanday ishlash zarurligi 
aytiladi. 
Geografiya darsligi bilan ishlash usullari uch xil bo’lib ular quyidagilardan iborat 
bo’lishi mumkin. 
1.Matn bilan ishlash.
2.Savol va topshiriqlar bilan ishlash.
3.Darslikdagi illyustratsiyalar va raqamli materiallar bilan ishlash. 
Matnni o’qishda albatta o’quvchining izohlab va tushuntirib borishi samarali 
natijalar beradi. O’quvchilarning darslik bilan ishlash usullari murakkablashib
borgan sari, ular qo’yilgan savollarga darslikdan mustaqil javob topa olishlari asosiy 
o’rinni egallashi zarur. O’qituvchining oldindan tayyorlangan topshiriqlari asosida 
o’quvchilarning matn bilan ishlashida quyidagi usullarni tavsiya qilish mumkin.
1.Matndagi tushunchani topa olishi va unga tarif bera olishlari; 
2.Qo’yilgan savolga darslik matnidan aniq javoblarni topa olishlari; 
3.Matndan mavhum savollarga javob topa olishlari; 


4.Matnni tahlil qilish orqali qo’yilgan savollarga javob topishlari; 
5.Xulosalar chiqara olish u yoki bu hududning tabiiy sharoitini baholay olishlari 
matn bilan ishlashdagi muhim omillardan sanaladi.
Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu 
komponentlar quyidagilardan iborat. 
1.Umumgeografik tushunchalar tarifini aniqlash;
2.Ob`ektlar va hodisalarni tariflash. Bunda relef, iqlim, foydali qazilmalarga oid 
bo’lgan birinchi va ikkinchi darajali tomonlarini yeritish ya`ni asosiy va qo’shimcha 
bilimlarni aniq ko’rsatish. 
3.Voqea va hodisalarni kelib chiqishi va o’zgarishiga oid malumotlarni izohlash. 
4.Tariflovchi, izohlovchi, aralash matnlarini aniqlash va ajrata olish. 
Darslikdagi matnlarni tuzilishiga ko’ra quyidagicha farqlash mumkin. 
Matn turlari 
Misollar 
1. Sababadan oqibatlarga 
Passatlar. Ularning yoginlar 
taksimlanishidagi roli. 
2. Oqibatlardan sabablarga 
Relefning xilma xilligi 
3. Butundan qismlarga 
Afrika relefidagi turli shakllariga 
4. Faktlardan umumlashga 
Iqlim ko’rsatkichlaridan iqlim 
mintaqalariga o’tish 
Matnlar mazmunga ko’ra quyidagi turlarda namoyon bo’ladi. 
Matnlarning mazmuniga ko’ra turlari 
Misollar 
1. Tasvirlovchi 
Daryolar, tog’lar, ko’llar, shaharlar
2. Izohlovchi 
Tog’larning, tekisliklarning hosil bo’lishi
3. Aralash 
Relef, 
geologik 
tuzilish, 
foydali 
qazilmalar. 
Savollar tuzish nafaqat darslik matni asosida, balki kartalar va boshqa 
illyustrativ materiallar asosida ham tashkil qilinsa o’quvchilardagi bu ko’nikma 
malaka darajasiga ko’tarilishiga imkon tug’iladi.
"Qiyoslash geografiyaning jonidir" degan edi buyuk geograf metodist 
N.N.Baranskiy. Darslik matni asosida ob`ekt va hodisalarni qiyoslash orqali 
matndagi yakka tushunchalarni shakllantirish imkoniyati tug ’iladi.
Quyida Janubiy Amerika va Janubiy sharqiy Osiyodagi nam ekvatorial o’rmonlarni 
qiyoslab tasvirlash rejasini keltiramiz. Qiyoslash rejasi taxminan quyidagicha 
bo’lishi mumkin.
1.Har ikkala hududdagi nam ekvatorial o’rmonlarni joylashishi va ular egallagan 
maydon
2.Iqlim sharoitlari 
3.O’rmonlardagi daraxtlar farqi 


4.Hayvonot dunyosining xayot tarzi 
5.Qaysi davlatlar hududida joylashgan 
6.Aholisi va ularning mashg’uloti 
Bu ishni bajarishda o’quvchilar darslik matni va kartalar buyicha mustaqil 
ishlaydilar. Ishning qanday bajarilganligini o’qituvchi nazorat qiladi, ularni 
baholaydi.
Har qanday mavzuning asosiy maqsadi o’quvchilarda geografik tushunchalarni 
shakllantirishdan iborat. O’quvchilar har bir mavzudagi tushunchalarni guruhlarga 
(umumiy, yakka, mavhum) ajrata olishlari kerak. Boshlang’ich tabiiy geografiya 
kursining "Okean va uning qismlari" mavzusida tushunchalarni guruhlashni 
o’quvchilar quyidagi tarzda bajarishlari mumkin. 

Download 155.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling