Zamonaviy darsliklarga qo’iyladigan talablar. Darslik bilan ishlash metodikasi


MAVZUNING GEOGRAFIK TUSHUNCHALARI


Download 155.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.04.2023
Hajmi155.44 Kb.
#1343990
1   2
Bog'liq
6Vddh5VZlC42JGv75I03oWnZkhizjXwRqHaF5SqU

MAVZUNING GEOGRAFIK TUSHUNCHALARI 
Umumiy tushunchalar 
Yakka tushunchalar 
Mavhum tushunchalar 
Materik, okean, dengiz, 
qo’ltik, bug’uz, muzlik 
ichki dengiz, orol, yarim 
orol
Tinch okeani, Arabiston 
dengizi, Meksika qo’lti-
g’i, Madakasgar oroli,
Fin qo’ltig’i
Chuqurlik, chuqurlik da-
rajasi
 
Matnni tahlil qilishda shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’rtacha hajmdagi har bir
mavzuda 35 ga yaqin tushunchalar mavjud.O’quvchilar tushunchalarni guruhlay 
olishni o’rganganlaridan keyin, ularga xos belgilarni ajratishni egallaydilar.
DARSLIKDAGI ILLYUSTRATSIYALAR VA KURGAZMALAR BILAN ISHLASH. 
Geografiya darsliklarida illyustratsiyalarni mazmunan quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin. 
1.Matn mazmunini takrorlovchi illyustratsiyalar 
2.Matnni to’ldiruvchi va oydinlashtiruvchi illyustratsiyalar 
3.Matnni uning bayonida yo’q bo’lgan materiallar bilan boyituvchi illyustratsiyalar.
Darslik illyustratsiyalari muhim ko’rgazmali qurol vazifasini ham o’taydi. Uni 
darsda tahlil qilish va xulosalar chiqarish, matn mavzusiga oid aloqadorlik 
tomonlarini topishda katta axamiyatga ega. O’qituvchining asosiy vazifasi 
o’quvchilarni rasm va boshqa ko’rgazmali qo’llanmalar bilan ishlash usullarini
o’rgatishdan iborat. Buni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin
1.Rasmning mavzusini o’qish. 
2.Uni butunligicha o’ganish. 
3.Rasmni qism-qismlarga bo’lib tahlil qilish. 
4.Rasmda qismlar o’rtasidagi aloqadorlikni o’rnatish. 
5.Rasm xaqida umumiy tasavvur hosil qilish. 
6.Rasmga qarab xulosalar chiqarish. 
Masalan daryo sistemasi rasmini quyidagicha tahlil qilish mumkin.


O’quvchilar diqqatiga quyidagi savollar havola etiladi. 
1.Rasmda daryo sistemasining qaysi elementlarini ko’rib turibsiz? 
2.Daryolar qayerdan boshlanadi, ularni nima deb ataladi? 
3.Tog’lardagi qor va muzlar qanday paydo bo’lgan? 
4.Rasmda suv ayirg’ich deb nimaga aytiladi? 
5.Daryoning o’ng va chap irmoqlarini toping. 
6.Daryoning mansabi va manbai deb nimaga aytiladi? Ularni rasmdan toping. 
7.Rasmda tekislik daryosi aks etganmi yoki tog’ daryosi? 
Ushbu rasmni tahlil qilish o’quvchilarda nafaqat rasmlar bilan ishlash 
ko’nikmasini shakllantiradi, balki "dunyo sistemasi" tushunchasining tula qonli 
shakllanishiga xam yerdam beradi. 

Download 155.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling