Zamonaviy dasturlash tillari va uning tasnifi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 22.68 Kb.
bet1/3
Sana28.07.2023
Hajmi22.68 Kb.
#1663403
  1   2   3
Bog'liq
Zamonaviy dasturlash tillari va uning tasnifi


Zamonaviy dasturlash tillari va uning tasnifi.
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Dasturlash tillari ,ularing turlari va asoslari.
2.paskal dasturlash tillari;
3.C++dasturlash tili;
III.Xulosa.

Kirish
Dasturlash tillari tarixi — dastlabki kompyuterlarni hujjatlashtirishdan tortib, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk dasturlash tillari juda oʻta tor doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, uKompyuter texnikasining rivojlanishi dasturlash tillarida algoritmlarni yozib olish uchun turli xil yangi belgilar tizimlarining paydo boʻlish jarayonini belgilab berdi. Bunday tilning paydo boʻlishining maʼnosi dastur kodini soddalashtirishdan iborat edi.Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish qabul qilingan. Birinchi avlodga oʻtgan asrning 50-yillari boshlarida, birinchi kompyuterlar endigina paydo boʻlgan paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu "bir satrda bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan birinchi assembler tili edi.tirishdan tortib, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk dasturlash tillari juda oʻta tor doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular matematik belgilarga va shunga oʻxshash tushunarsiz sintaksisga tayangan.Kompyuter texnikasining rivojlanishi dasturlash tillarida algoritmlarni yozib olish uchun turli xil yangi belgilar tizimlarining paydo boʻlish jarayonini belgilab berdi. Bunday tilning paydo boʻlishining maʼnosi dastur kodini soddalashtirishdan iborat edi.Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish qabul qilingan. Birinchi avlodga oʻtgan asrning 50-yillari boshlarida, birinchi kompyuterlar endigina paydo boʻlgan paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu "bir satrda bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan birinchi assembler tili edi.


Dasturlash tillari,ularing turlari va asoslari.
Kompyuter dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o'yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o'tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob'yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
2.paskal dasturlash tili.
Paskal (inglizcha: Pascal) — eng mashhur dasturlash tillaridan biri boʻlib[5], oʻrta maktab hamda universitetlarning birinchi kurslarida dasturlashni oʻrgatishda qoʻllaniladi. Ushbu dasturlash tili boshqa bir qator tillar uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Paskal imperativ va protsessual dasturlash tili hisoblanadi. Ushbu dasturlash tili dasturlash va maʼlumotlar strukturasidan foydalangan holda yaxshi dasturlash amaliyotlarini ragʻbatlantirish uchun kichik va samarali til sifatida ishlab chiqilgan. U fransuz matematigi, faylasufi va fizigi Blez Paskal sharafiga nomlangan.Shveysariyaning Syurix shahridagi oliy tеxnika maktabining profеssori Niklaus Virt tomonidan 1970-yillarda yaratilgan bo‘lib, 1979-yilda standart Pascal dеb tasdiqlangan. O‘zining soddaligi, mantiqiyligi va samaraligi tufayli bu til butun dunyoga tеz tarqaldi. Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikro EHMlar xam shu tilda ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining to‘g‘riligini osonlik bilan tеkshirish mumkinligini, ularning maʼnosi yaqqol ko‘zga tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib turadi.Virtning “Algoritmlar + Maʼlumotlar tuzilmalari Dasturlar”(en:Algorithms_+_Data_Structures_=_Programs) kitobi asosida Paskal dasturlash tili ALGOL60 tilining namunasi boʻyicha ishlab chiqilgan. Virt ALGOL-X saʼy-harakatlari doirasida tilni takomillashtirish jarayonida ishtirok etdi va ALGOL-W deb nomlangan versiyani taklif qildi. Bu qabul qilinmadi va ALGOL-X jarayoni toʻxtab qoldi. 1968-yilda Virt ALGOL-X jarayonidan voz kechishga va ALGOL-Wʼni yanada takomillashtirishga qaror qildi va uni 1970-yilda Paskal sifatida chiqardi. ALGOL skalyarlari va massivlaridan tashqari, Paskal murakkab maʼlumotlar turlarini aniqlash hamda roʻyxatlar, tarmoqlanish va grafiklar kabi dinamik va rekursiv maʼlumotlar tuzilmalarini yaratish imkonini beradi.C (va C oilasidagi koʻpgina tillardan) farqli oʻlaroq, Paskal har qanday murakkab darajadagi protsedura taʼriflariga ruxsat beradi, shuningdek, quyi dasturlar (protseduralar va funksiyalar) ichida koʻplab taʼriflar va deklaratsiyalarga ruxsat beradi. Shunday qilib, dastur sintaktik jihatdan bitta protsedura yoki funksiyaga oʻxshaydi. Bu ALGOL60ʼning blok tuzilishiga oʻxshaydi, lekin ixtiyoriy blok bayonotlaridan faqat protseduralar va funksiyalar bilan cheklanganligi bilan ajralib turadi.Paskal 1970-yillarda, ayniqsa rivojlanayotgan minikompyuter bozorida muvaffaqiyat qozondi. Kompilyatorlar koʻplab mikrokompyuterlar uchun ham mavjud edi, chunki bu soha 1970-yillarning oxirida paydo boʻlgan. U 1980-yillarda universitet darajasidagi dasturlash kurslarida oʻqitish tili sifatida keng qoʻllanilgan va shu davrda tijorat dasturiy taʼminotini yozish uchun ishlab chiqarishda ham foydalanilgan. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida UNIXʼga asoslangan tizimlar ommalashgani va ayniqsa C++ dasturlash tilining chiqarilishi bilan Paskal dasturlash tili oʻrniga C dasturlash tili oilasi undan oʻzib ketdi.

Download 22.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling