Zamonaviy devorbop materiallar. Devorbop materiallar
Foydalanishiga ko’ra tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi
Download 56.26 Kb.
|
5-Amaliy mashg‘ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zichligi bo’yicha (kg/m
- Issiqlik o’tkazuvchanligi bo’yicha tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi
Foydalanishiga ko’ra tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi:
Tashqi va ichki devorlarni qurish uchun oddiy; Bino va inshoatlarning devorlarini pardozlashda foydalaniladigan – yuza uchun. Foydalaniladigan xom ashyosi va tayyorlash usuliga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: Giltuproq, trepel, diatomit va boshqa xom ashyodan plastik yoki nimquruq usulda presslab tayyorlanadigan va qizdirib pishirilganda sopolga aylanadigan; Ohak va qumni yoki boshqa kremnezetarkibli va ohaktarkibli komponentlarni presslab tayyorlangan va avtoklavda qotadigan; Mineral bog’lovchi (tsement, ohak, gips bog’lovchisi, shlak va boshq.) g’ovak yoki zich to’ldiruvchilardan tashkil topgan qorishmani tabiiy yoki issiqlik ishlovi berish natijasida qotuvchi; Tabiiy tog’ jinslarini kesib tayyorlangan buyumlar. Zichligi bo’yicha (kg/m3) tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi: O’ta yengil (600gacha); Engil (600...1300); Engillashtirilgan (1300... 1600); Og’ir (1600...2200). Issiqlik o’tkazuvchanligi bo’yicha tosh materiallari quyidagilarga bo’linadi: Issiqlik o’tkazuvchanligi past; Issiqlik o’tkazuvchanligi o’rtacha; Issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori. Devorbop sopol buyumlar qurilishda ishlatiladigan devorbop buyumlarning 50%ini tashkil etadi. Zichligiga ko’ra devorbop sopol buyumlar (g’isht, sopol tosh) 3 qismga bo’linadi: Effektiv – zichligi 1400-1450 kg/m3 dan ko’p emas, issiqni yaxshi ushlab tura oladigan; SHartli effektiv – 1450 - 1600 kg/m3; Oddiy – 1600 kg/m3 dan katta. Oddiy pishiq g’ishtning o’lchamlari 250x120x65 mm bo’lib, qirralari to’g’ri, aniq, yuzasi silliq va tekis bo’lishi kerak. Tomonlari 3 mm gacha farq qilishi mumkin. Modulli g’ishtlar o’lchamlari 250x120x88 mm va dumaloq yoki to’rtburchak kovakli bo’ladi. Mustahkamligiga qarab g’isht quyidagi markalarga bo’linadi: 75; 100; 125; 150; 200; 250; 300. Engil betonlar o’rtacha zichligiga qarab Germaniyada quyidagi turlarga bo’linadi: 2100-2000 kg/m³ - oddiy yengil beton; 2000-1300 kg/m³ - yengil konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 5 MPa dan yuqori; 1300-800 kg/m³ - yengil issiqlikdan izolyatsiyalangan konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 3,5 MPa dan yuqori va issiqlik o’tkazuvchanligi 0,75 Vt/mK dan past; 800-250 kg/m³ - juda yengil beton, siqishga mustahkamligi 0,5 MPa va issiqlik o’tkazuvchanligi 0,30 Vt/mK dan past. Oddiy to’ldirgichlar bilan tayyorlangan yengil betonning issiq o’tkazuvchanligi (Germaniya misolida)
Download 56.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling