Zamonaviy dunyoda ta’lim


Download 78 Kb.
bet2/2
Sana30.10.2023
Hajmi78 Kb.
#1734948
1   2
Bog'liq
9-mavzu

Grammatika: O’zbek tilida neologizmlar.
Neologizmlar (yun. neos — yangi, logos — soʻz) — jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. N.ning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina sezilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Masalan, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan marketing , qayta qurish, reyting, tender soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoqda. Tildagi umumiy N. bilan bir qatorda individual, uslubiy yoki okkazional N. ham mavjud. Bunday N. mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslubiy talab asosida yaratiladi.
N. ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. N.ning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi - yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:

  1. termin - umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;

  2. termin - konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;

  3. termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.

Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi” Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilave radi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
3-topshiriq. Ilm-fan, kasb-hunarga doir maqollarni tahlil qiling va esda tuting. Bilim - baxt keltirar.
Bir yigitga yetmish ikki hunar oz.
Boylikning kaliti ilm.
Ilm - aql chirog‘i.
Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi.
Ko‘p o‘qigan olim bo‘lsa,
Ko‘pni ko‘rgan dono bo‘lur.
Tikansiz gul bo‘lmas,
Mashaqqatsiz - hunar.
Yuz hunarni chala bilguncha Bir hunarni to‘la bil.
Hunar bo‘lsa qo‘lingda,
Non topilar yo‘lingda.
Dono o‘ylab aytar,
Nodon - o‘ynab.
Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r - mingni.
Ilmsiz bir yashar,
Ilmli ming yashar.

4-topshiriq. “Maqollar zanjiri” metodi. Maqollardagi nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan so‘zlarni qo‘yib chiqing.






Maqollar

Javob

1.

Dilni dilga ...




2.

Intizomli lashkar




3.

Sarishtali uy -... uy.




4.

... kurashga to’ymas.




5.

... topsa, bo‘lib yer,... topsa bosib yer.




6.

Rejali ish - hamisha




7.

Shoshganda ...




8.

... yaltiroqning ...




9.

Qoqilsang ...dan




10.

... bilan... egizak.






  1. topshiriq. “Dunyoning mashhur universitetlari” mavzusi bo’yicha taqdimot tayyorlash.


1 Ibragimova M., Shermatova H. Ta’lim jarayonida faol usullarni qo‘llash. Uzluksiz ta’lim - Toshkent. 2005, 5- son, - 16-17 b.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling