Elektron asboblar ishonchliligini hisoblash usuli.
Radiodetallar va ulardan yig‘ilgan element asboblar ishonchliligini hisoblashdan mavjud usullari, ularni yig‘ishi bosqichlarida kutish ishonchliliklarni taxminiy baxosini olish imkonini beradi. U ushbu baxolash xisoblash yo‘li bilan olingan ishonchlilikni ommaviy tavsiflarini berilgan tavsiflar bilan taqqoslash imkonini beradi va ularni ishonchlilikni kutilgan qiymatlari bilan mos emasliklariga baxo beradi. Agar xisoblangan ishonchlilik talab qilingandan past bo‘lsa, uni oshirish uchun sxematik talab qilingandan past bo‘lsa, uni oshirish uchun sxematik, konstruktiv yoki texnologik xarakterga ega bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Elektron asboblarini barcha element va komponentlari ishonchliligini hisoblash buzilishgacha bo‘lgan umumiy qiymatlar va buzilmay ishlash extimolligini ma’lum buzilishlar intensivligidan aniqlashga olib keladi.
1.Elektron asboblar ishonchliligini taxminiy hisoblash usuli.
Taxminiy hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumot bo‘lib, har – bir guruxdagi ma’lum bir tipli elementlarni soni N va tipli elementlarni buzilish intensivliklarini λ, o‘rtacha qiymatlari xizmat qiladi.
Yig‘ilishi mo‘jallangan elektron asboblarni ishonchliligini (alohida hollarda), taxminiy hisoblash uchun foydalanish tajribasidan olingan analogik asboblarni ishonchliligi haqidagi ma’lumotlarni va elementlar umumiy sonini bilish yetarli bo‘ladi.
Qoida bo‘yicha taxminiy xisob, elektron sxemada turli variantlar analizi boryotganda eskiz loyixalash davrida bajariladi.
To‘la xisob ishlab chiqilgan sxema uchun buzilishlar intensivligiga bog‘lshiq xolda va ishlatilgan real elektrik, mexanik va qiymat sharoitlari ma’lumotlarini hisobga olgan holda bajariladi.
Amaliyotda taxminiy va to‘la xisoblar odatda asboblarni normal ishlash davri uchun bajariladi, ya’ni sistema va elementlarni buzilish intensivligi vaqt bo‘yicha doimiy deb taxmin qilinadi.
Sistemani buzilmay ishlash extimolligini aniqlash uchun unga kiruvchi barcha elementlarni buzilmay ishlash extimolligini bilish zarur, ularni buzilishlar xavfini ma’lum qiymatlari bo‘yicha ishonchlilikni eksponensial qonuni yordamida xisoblaydilar.
Sistema o‘ziga m tipli elementlarni n1,n2…, nm ta sonda va bunga mos holda λ1, λ2 ..., λ3 buzilishlar xavfi olgan olgan bo‘lsa.
Buzilmay ishlash extimolligi P(t)=e- λt =ye-t/To‘rt ni xisobga olib birinchi tipli element uchun R1 (t)=e-λt
Do'stlaringiz bilan baham: |