Zamonaviy elektron qurilmalar ishonchliligini oshirish va ta’minlash usullari


Download 119.67 Kb.
bet12/26
Sana09.06.2023
Hajmi119.67 Kb.
#1472281
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН

1. Mikromodullar ish jarayonida.

Mikromodullar ishlash jarayonida elektrik va mexanik yuklanishlarga yuqori va past haroratli ta’sirlarga, yuqori namlikka va boshqalarga duch kelishi mumkin.


Qurilmalarning har qanday ishlash sharoitida ham mikromodullarga elektr yuklanishi ta’sir etadi. Odatda, mikromodullarga elektr yuklanishi ta’siri oqibatida harorat ko‘tarilishi sodir bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida buzilishlar sodir bo‘lishiga va kimyoviy reaksiyalarni tezlashishini keltirib chiqaradi.
Chegaraviy va unga yaqin bo‘lgan elektr yuklanishlar mikromodulni nozik qismlarini kirishi va buzilishiga sabab bo‘ladi.
Mikromodullarga qo‘yiladigan asosiy talablar ularni ishonchliligini ta’minlash. Mikromodullar tiklanmaydigan mahsulotlar guruhiga kiradi va ishonchlilik nazariyasiga asosan elektron asboblarn alohida elementlari hisoblanadi.
Mikromodullar ishonchliligini baholash uchun qulay sonli ko‘rsatkichlar buzilish intensivligni va buzilmay ishlash ehtimolligidir. Mikromodullar uchun uch turdagi buzilishlar haqlidir.

  1. Ishlashda.

  2. Sekin asta.

  3. To‘satdan – bular to‘liq, qisman, chidamli bo‘lishi mumkin.



2. Mikromodullardagi buzilishlar.

Ishlashdagi buzilish – ishlash jarayonida kuzatiladi.


Sekin asta – buzilish eskirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, u mikromodullarda 1000 soatdan ortiq ishlagandan keyin kuzatildi.
To‘satdan buzilish – mikromodullar uchun eng xavli hisoblanadi. U to‘liq buzilish, qisman buzilish, qat’iy va oraliq buzilishlariga ajratiladi.
To‘liq buzilish – ishlash jarayonida kuzatilib, u mikroelementlardagi nuqsonlar oqibatida sodir bo‘ladi.
Qisman buzilish – mikromodullar elektr parametrlarini pasayishi oqibatida chiqadi va ishlash vaqtida tezroq o‘zgaradi.
Asboblarni ishlatishning elementlarini fizik o‘zgarishi yozilarsiz darajada bo‘ladi. Lekin bu o‘zgarishlarni yig‘ilib ma’lum bir vaqt mobaynida elementlar xususiyatlarida sakraydigan o‘zgarishlar hosil qiladi. Bu buzilishlar to‘satdan, tasodifiy sodir bo‘ladi va ehtimollar nazariyasining umumiy qoidalariga rioya qiladi. Mikromodellarda buzilish intensivligi ishlagan vaqtga bog‘liq emasligi sababli, mikroelementlar buzilmay ishlash ehtimolligi quyidagicha ifodalanadi
Rel = e - el-t

bu yerda, el - mikroelementlar buzilish intensivligi; t – ishlash vaqti oralig‘i.


Mikroelementlar buzilish intensivligi qiymati bo‘lgan holda, mikromodullar buzilish intensivligini aniqlash mumkin.
el =el 1 + el2 + …+el n

t vaqt mobaynida to‘satdan buzilishlar bo‘yicha buzilmay ishlash vaqti.



RR.M = yexR{- (el 1 + el2 + …+el n)} bo‘ladi.

To‘satdan buzilish intensivligi mikroelementlarning konstruksiyasi va ishlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi va u avvalo yarim o‘tkazgich asboblar buzilishi bilan aniqlanadi. Passiv elementlar hisobiga buzilishlarning 10 – 20% to‘g‘ri keladi.


Mikromodulllar shonchliligiga qo‘yiladigan talabalar, mikromodilarning o‘z tarkibiga oluvchi apparatlarga qo‘yiladigan talabalar, mikromodullarning o‘z tarkibiga oluvchi apparatlarga qo‘yiladigan talabalarga bog‘liq 5*10-5 dan 8*10-5 dan 8*10-8 buzilish soat oralig‘ida bo‘ladi. Mikromodullar konstruksiyasi yuqori darajadagi ishonchlilikni ta’minlaydi uni ishonchliligini loyixalashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarida yanada oshirish mumkin.

Download 119.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling