3. Elektron qurilmalarni buzilmay ishlashi va ta’mirlanishiga layoqatliligini tavsiflovchi kompleks ko‘rsatkichlar.
Bu gurux ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
Tayyorgarlik koeffisenti;
Tezkor tayyorgarlik koeffisenti;
Texnik foydalanish koeffisenti
Tayyorgarlik koeffisenti (K1) – rejali xizmat ko‘rsatkichlari oralig‘ida ixtiyoriy tanlangan vaqtda mahsulotni ishga layoqatli holatda bo‘lish extimolligi.
Tezkor tayyorgarlik koeffisenti (-Kt.t) – ixtiyoriy vaqt mobaynida maxsulot vazifani bajarish uchun kerakli vaqt mobaynida buzilmay ishlay olish extimolligi. U.
Kt.l =Kt.tR(t)
Bu yerda R(t) – t vaqt mobaynida buzilmay ishlatish extimolligi.
Texnik foydalanish koeffisenti (Kt.f) ishlashning namlangan vaqti va ishlamay qolgan vaqtini (nosozlikni topish va ta’mirlash) ko‘rsatadi.
bu yerda - mahsulotni jamlangan ishlash vaqti; tuz – mahsulotni jamlangan ta’mirlanish vaqti; to – mahsulotga texnik xizmat ko‘rsatishni jamlangan vaqti
1. Statistik ma’lumotlar.
Qarshilik va sig‘imlar ishonchliligi buzilish ntensivligi λ va birinchi buzilishgacha ishlashning o‘rtacha vaqti To‘r bilan tavsiflanadi.
Qarshiliklar elektron qurilmalarda juda ko‘p ishlatiladigan elementlar turiga kiradi. Ular ishonchliligiga nisbatan ancha yuqori. Lekin qurilmalarda qarshilik va sig‘imlarni ishdan chiqish ko‘plab kuzatiladi, chunki qurilmalarda ular boshqa elementlarga nisbatan bir necha barobar ko‘p ishlatiladigan (ba’zi xolllarda elementlar soni 50% ni tashkil etadi) [9].
Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, tok o‘tkazuvchi qatlamini uzilishi va tutashish joylarini buzilishi qarshiliklarda uchraydigan bzilish turlarini 50% dan ortig‘ini tashkil etadi. 35-40% buzilishlar tok o‘tkazuvchi qatlam quyishi oqibatida sodir bo‘ladi. 5% buzilishlar qarshilikni to‘satdan o‘sib ketishi oqibatida sodir bo‘ladi. (10-100 barobar oshib ketishi). Qarshiliklarni buzilishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. U asosan qo‘llanish shartlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va foydalanilgan materiallar sifatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |