Zamonaviy elektron qurilmalar ishonchliligini oshirish va ta’minlash usullari


Download 119.67 Kb.
bet3/26
Sana09.06.2023
Hajmi119.67 Kb.
#1472281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Замонавий электрон муаммолари ЛОТИН

2. Elektron qurilmalarni sinash.

Element va elektron qurilmalarni sinashda, ularni texnik shartlarga (TSH) mos kelishi tekshiriladi. Elementlar va elektron qurilmalar loyixalashtirish va ishlab chiqarish jarayonida har xil sinovlardan o‘tkaziladi.


Elektron qurilmalar ishonchliligi ishlab chiqrishda dastur asosida namuna elementlari ustida o‘tkaziladi. Dasturda mahsulot ko‘rsatkichlarini tekshirish usuli ko‘rsatiladi. Ba’zi turdagi radioelektron asboblarni tekshirish uchun quyidagilardan kelib chiqib soni tanlanadi.
a) sxemada 1000 – 4000 gacha elementi bo‘lgan asboblar uchun 2-4 ga namuna tanalanadi;
b) sxemada 1000 – 4000 gacha elementi bo‘lgan asboblar uchun 3-6 ta namuna tanlanadi;
v) sxemada 1000 tadan kam elementga ega bo‘lgan asboblar uchun 6 ta namna tanlanadi;
Sinash vaqti quyidagi formula orqali tanlanadi:
Ntu = KTo‘re
bunda, To‘re – buzilmay ishlashning o‘rtacha vaqti; N - namunalar soni; tu - har bir namunani sinashning davomiyligi; k-sinov maqsadi bilan shartlangan koeffisiyent.
Ishonchliligini sonli tavsiflarianiqligini oshirish uchun k-koeffisiyentni oshirishga intilish kerak. K20 bo‘lishiga intilish kerak.
Sinov jarayonini o‘tkazish jarayonida nosozliklar (buzilishlar) ro‘yxati to‘ldiriladi.
Mahsulot turi (bloklar soni)___________
Bo‘linma _____________ ____
Chizma raqami (shifr)______ sinov o‘tkazish uchun ma’sul __________
Zavoddagi raqami_________ ishlab chiqarilgan vaqti_____________


1. Elektron qurilmalar ishonchliligini iqtisod bilan aloqasi.


Elektron qurilmalar va asboblar elementlari ishonchliligini oshirish zamonaviy elektron asbobsozlik oldida turgan asosiy masalalardir. Mahsulot ishonchliligini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar iqtisodiy efektni oshirish va jamoalar mehnat samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Qurilmalarning ishonchliligini oshirishga ko‘pincha qo‘shimcha harajatlarsiz erishiladi. Elektron texnikasida mikrominiatyur elementlarni qo‘llanilishi ishonchlilikni oshirishga va narxini arzonlashishiga olibkeladi. Ko‘p hollarda mahsulot ishonchliligini oshirish loyixalashtirish, tayyorlash va foydalanish harajatlarini oshib ketishiga sabab ham bo‘ladi. Shu sababli mahsulot ishonchliligini oshirish uchun o‘tkazilgan tadbirlar ekonomik asoslangan bo‘lishi kerak.
Mahsulot ishonchliligini oshirish uchun yuqori ko‘rsatkichli variantlarni tanlab olish qo‘shimcha xarajatlarni aniqlash ularni ishlatishdagi (foydalanishdagi) iqtisodi bilan taqqoslash va ishonchlilikni iqtisodiy optimal ko‘rsatkichlarini hisob chiqish kerak. Yuqori ishonchlilikka ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga tadbiq etish va ulardan foydalanishda iqtisodga erishish, brak mahsulotlarni kamaytirish yo‘li bilan erishiladi.

Download 119.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling