Zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallari


Download 287.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi287.97 Kb.
#1568420
  1   2
Bog'liq
zamonaviy-energiya-tejamkor-qurilish-materiallari



Zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallari 
Shoxrux Baxtiyorovich Xamdamqulov 
Jizzax politexnika instituti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada energiya samarador binolar haqida ma’lumot 
berildi. Binolarning issiqlik yo’qotish darajalari foizlarda berildi. Hozirgi kunda keng 
foydalanilayotgan energiya samarador qurilish materiallari haqida qisqacha to’xtalib 
o’tildi. 
Kalit so’zlar: Energiya samarador, energiya tejamkor, energiya istemoli, 
izolyatsiya, isitish tizimi. 
Modern energy-efficient building materials 
Shokhrukh Baxtiyorovich Xamdamkulov 
Jizzakh polytechnic instituti 
Abstract: This article provides information on energy efficient buildings. The 
heat loss rates of the buildings are given as a percentage. A brief overview of the 
energy-efficient building materials currently in use. 
Keywords: Energy efficient, energy saving, energy consumption, insulation, 
heating system. 
Energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy 
etish hozirgi kunda global muammolardan biriga aylanib bormoqda. Turli 
ekspertlarning baxolashlariga ko‘ra, asosiy energiya manbalari hisoblangan neft, gaz 
va ko’mirning zaxirasi ko‘pi bilan yana 100 yilga yetishi mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda energiya iste’molining deyarli yarmi binolarga 
to‘g‘ri keladi. Shu sababli resurs tejashning asosiy usullaridan biri bu binolarning 
energiya samaradorligini oshirish xisoblanadi. Demak hozirgi zamon quruvchi 
muhandislari qurayotgan bino badiiy me’moriy, funksional, iqtisodiy, texnik, 
ekologik talablarga asoslanib quribgina qolmay yana bir muhim talab hisoblangan 
energiya tejamkor yoki samarador talablariga ham javob bermog’i lozim bo’lmoqda. 
Energiya samarador binolarni qurish bo’yicha jiddiy fikr yuritishlar o‘tgan 
asrning oxirlaridan boshlandi. Bu sohada Avstriya, Germaniya, Shvetsiya 
mutaxassislarini avvalo, elektr energiyasi va binoni isitishga ketadigan iqtisodiy sarf-
xarajatlarni tejash masalalario’rganib chiqildi. Ular tomonidan olib borilgan 
tadqiqotlar uyning umumiy energiya samaradorligiga faqatgina izolyasiya yoki isitish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
248


tizimi kabi ma’lum omillar, balki binoning nisbatan yorug‘likka qarab qurilishi, 
qurilish shakli va xokazalar xam ta’sir qilishi aniqlandi. 
Yaqin o’tmishda uylarni gaz bilan isitish arzon bo‘lgan vaqtlarda issiqlikni 
tejovchi uylar haqida deyarli o’ylanilmagan ham. Butun dunyo bo’yicha energiya 
resurslariga bo‘lgan narxlarning o‘sib borishi natijasida bugungi kunda vaziyat 
tubdan o‘zgarmoqda. Quruvchilar ko‘prok issiqlikni yo‘qotishni kamaytiradigan 
issiqlik saqlovchi uylarni qurish to‘g‘risida bosh qotirishmoqda. Sababi, issiqlik 
devorlardan, derazalardagi tirqishlardan chiqishi yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, binoning issiqlik yo‘qotishi darajasi quyidagicha: 
➢ ventilyasiya orqali -30-35 foiz, 
➢ tomdan-10-20 foiz, 
➢ derazalardan 20-40 foiz, 
➢ devorlardan-15-25 foiz
➢ fundamentlar orqali yo‘qotish esa 15-20 foizni tashkil etadi. 
Energiya samarador uylarni loyixalashtirishning asosiy prinsipi - bu ichki 
xaroratni, muqobil energiya manbalaridan foydalanish xisobiga isitish tizimi va 
ventilyasiyani qo‘llamagan xolda maqbul xolatda saqlab turish xisoblanadi. 
Hozirda energiya samarador binolarni loyihalash va qurish uchun zamonaviy 
energiya samaradorligiga ega qurilish materiallarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan 
innovatsion-investitsion loyixalarni amaliyotga joriy etishning tashkiliy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish talab qilinmoqda. 
Quyida zamonaviy energiya tajamkor binolar qurilishida keng qo’llanilayotgan 
qurilish materiallarini keltilib o’tamiz. 
Mineral vata - shishali tuzilishga ega bo‘lgan, zich bo‘lmagan material 
hisoblanadi. 
Mineral plita Izoterm P-35 sifati yuqori bo‘lgan issiqlik va tovush izolyasion 
material xisoblanib, tosh vata asosida tayyorlanadi va sanoat xamda fuqoro 
qurilishida qo‘llaniladi. Izoterm P-35 o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, suvni 
o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Shu bilan birgalikda u 1000 
0
C dan yuqori 
temperaturaga chidamli, erimaydi va olovdan ishonchli himoya qiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
249


Izoterm P-50 tog‘ bazalt jinslaridan va sintetik bog‘lovchilar asosi da mineral 
vatadan tayyorlanadi va sanoat va fuqaro qurilishida ishlatiladi. Magistral neft va gaz 
quvurlarini, rezervuar, issiqlik tarmoqlari va quvurlarini izolyasiyallashda 
qo‘llaniladi. 
Texnonikolni ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida gabboro -bazalt guruxiga 
kiruvchi tog‘ jinslari qo‘llaniladi. Shu sababli Texnonikol yong‘inga xavfsiz 
xisoblanib, tolalarining erish temperaturasi 1000 
0
C dan ortiq. 
Texnonikol 99% xavodan va 1% tosh tolalaridan iborat. 
Texnonikol olovni tarqalishini oldini oladi. Yuqori temperatura ta’sirida o‘zidan 
zaxarli gazlarni chiqarmaydi. Barcha Texnonikol IIM lar gidrofob qo‘shimchalar 
bilan ishlov berilgan, shu sababli ular suvni o‘tkazmaydi. 
Shisha vata (momiq) mineral toladan iborat bo‘lib, uning xususiyatlari mineral 
vataga yaqin. Shisha tolani olish uchun kvarsli qum, oxaktosh, dalomit, kalsiyli soda 
va shisha chiqindilaridan foydalaniladi. Shisha vata xossalari mineral vata 
xossalaridan farq qiladi. 
Shisha vata tolalari qalinligi 3-15 mkm, uzunligi mineral vatanikidan 2-4 marta 
katta. Shu sababli shisha vataning bikirligi va mus taxkamligi yuqori bo‘ladi. 
Materalning issiqlik o‘tkazuvchanligi- 0,030-0,052 Vt/m 
0
C. Temperaturaga 
chidamliligi - 450 
0
C
Bugungi kunda insoniyat tomonidan uning tabiiy resurslardan ayovsiz va 
nooqilona tarzda foydalanishi natijasida kelib chiqayotgan tabiiy ofatlar va ekologik 
ziddiyatlar oqibatlarining oldini olish zarurligini anglab etishi faoliyat yuritishning 
ko‘pgina soxalarida, shu jumladan qurilishda xam burilish nuqtasi bo’ldi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
250


Natijada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar asosida energiya 
samaradorligiga ega va tejamkor zamonaviy uylarni qurish - bu xayotiy zarurat 
xisoblanadi. 

Download 287.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling