Zamonaviy genetika morfologik, fiziologik va biokimyoviy jihatdan zamonaviy tibbiyotning nazariy poydevori hisoblanadi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#202298
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Bog'liq
irsiy kasalliklar va ularning salbiy oqibatlari

Birinchi bobga xulosa 

O‗zbekistonda  genetik  tadqiqotlarning  rivojlanishiga  mashhur  olimlar 

Yo.T.To‗raqulov,  J.Q.Hamidov,  J.A.Musayevlar  katta hissa qo‗shganlar, jumladan 

Yo.X.To‗raqulov  rahbarligida  irsiy  kasalliklar  rivojlanishining  biokimyoviy 

mexanizmlari  o‗rganilgan.  Olimlarimiz  N.M.Majidov,  Sh.Sh.Shomansurovlar  asab 

kasalliklari  patogenezida irsiy  omillar  rolini  o‗rganganlar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




2-BOB.  IRSIY KASALLIKLARNING UMUMIY TASNIFI 

 

XIX 


asrda  irsiy  kasalliklar  juda  kam  uchraydigan  kasalliklar  qatoriga  kiritilar 

edi,  hozir  esa  har  qanday  mutaxassislikdagi  shifokorlar  amaliyotida  irsiyatga 

bog‘liq bo‘lgan kasalliklar  juda ko‘p uchramoqda.   

Hozirda  7000  ga  yaqin  irsiy  kasalliklarning  mavjudligi  ma'lum.  Har  yili 

kamida  100 ta irsiy  kasalliklar  aniqlanmoqda. Bunga sabab,  

birinchidan,  fanning  tobora    rivojlanib  borishi  natijasida  odam  organizmida 

kuzatiladigan  jarayonlaming  irsiy,  biokimyoviy,  fiziologik  mexanizmlari  tobora 

chuqur o‘rganilishi  bo‘lsa,  

ikkinchidan,  ekologik  muhit  sharoitlarining  tobora  yomonlashib  borishi  odam 

irsiyatida  kelib  chiqadigan  buzilishlarni  ko‘paytirmoqda [6]. 

Irsiy  kasalliklar  tushunchasi  bilan  tug'ma  kasalliklar  tushunchasini  bir  xil 

ma'noda  ishlatib  bo‘lmaydi.  Tug‘ma  kasalliklar  bola  tug‘ulishi  bilanoq  nomoyon 

bo‘ladi.  Ularning  sababi  irsiy  yoki  irsiy  bo`lmagan  omillar  bo‘lishi  mumkin.  İrsiy 

bo`lmagan      omillarga  har  xil  teratogenlar,  yuqumli  kasalliklarni  kiritish  mumkin. 

Irsiy  kasalliklarning  hammasi  ham  tug‘ma  bo‘lavermaydi  (50%  ga  yaqin)  ularning 

ayrimlari  bola  tug‘ilgandan  keyin  dastlabki  2-3  oydan  boshlab  (fenilketonuriya, 

Verdniga  Gofman  spinal  amiotrofiyasi);  6  oydan  1  yoshgacha  (mukovistsidoz, 

irsiy  raxitsimon  kasalliklar),  bolalikda  -5-7  yoshda  (Dyushenn  miopatiyasi)  yetuk  -

25-50  yoshda  (Aran  -  Dyushenn  rivojlanib  boruvchi  spinal  amiotrofiyasi, 

Gentington  xoreyasi);  hatto  qarilikda  (Altsgeymer  kasalligi)  ham  yuzaga  chiqishi 

mumkin. 

Oilaviy  kasalliklar  tushunchasi  ham  tug'ma  kasalliklar  tushunchasi  bilan  bir 

xil  emas.  Oilaviy  kasalliklar  ham  irsiy  yoki  irsiy  bo`lmagan    bo‘lishi  mumkin. 

Oilaviy  kasallik  oila  a'zolariga  bir  xil  zararli  omil  ta'sirida  kuzatilishi  mumkin 

(noto‘g‘ri  ovqatlanish,  yashash  sharoiti  nochorligi,  zararli  kasbda  ishlash  va 

boshqalar). 




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling