Irsiy kasalliklarni 5 ta guruhga ajartish mumkin:
1.
Gen kasalliklari;
2.
Xromosoma kasalliklari;
3.
Irsiy moyilli yoki multifaktorial (ko‘p omilli) kasalliklar;
4.
Somatik hujayralar kasalliklari;
5.
Ona va pusht antigenlari nomosligi kasalliklari.
1. Gen kasalliklari - gen mutatsiyalari natijasida kelib chiqadi.
2. Xromosoma kasalliklari - genom va xromosoma mutatsiyalari natijasida kelib
chiqadi.
3. Irsiy moyilli kasalliklar monogen va poligen bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklar
yuzaga chiqishi uchun ma'lum muhit omillari ta' siri kuzatilishi shart.
4. Somatik hujayralar irsiy kasalliklari asosida somatik hujayralar mutatsiyalari
yotadi. Ba'zi yomon sifatli o‘smalarda xromosoma mutatsiyalari hujayralar
transformatsiyasiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Embriogenezning qaltis davrlarida
somatik hujayralardagi mutatsiyalar tug‘ma rivojlanish nuqsonlariga sabab
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |