Zamonaviy genetika morfologik, fiziologik va biokimyoviy jihatdan zamonaviy tibbiyotning nazariy poydevori hisoblanadi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#202298
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Bog'liq
irsiy kasalliklar va ularning salbiy oqibatlari

 Masalan, qonunchiligimizda… 

ROBAXON  ABDURASULOVA,  Oliy  majlis  qonunchilik  palatasi  deputati, 

Demokratik 

institutlar, 

nodavlat 

tashkilotlar 

va 


fuqarolarning  o‘zini-o‘zi 

boshqarish  organlari  qo‘mitasi  a‘zosi:  —O‘zbekiston  respublikasi  Oila  kodeksiga 

asosan  yaqin  qarindoshlar  o‘rtasidagi  nikoh  taqiqlanadi.  Mazkur  Kodeks 

qarindoshlar  o‘rtasidagi  munosabatlarni  me‘yorlab  qo‘ygan.  Uning  16-moddasiga 

asosan,  nasl-nasab  shajarasi  bo‘yicha  to‘g`ri  tutashgan  qarindoshlar  o‘rtasida, 

tug`ishgan  va  o‘gay  aka-ukalar  bilan  opa-singillar  o‘rtasida,  shuningdek, 

farzandlikka  oluvchilar  bilan  farzandlikka  olinganlar  o‘rtasida  nikoh  tuzishga  yo‘l 

qo‘yilmaydi.  Chunki  farzandlikka  oluvchi  shaxs  ota-onaning  o‘rnini  bosadi. 

Farzandlikka  olish  munosabatlari  ham  to‘g`ri  chiziq  bo‘yicha  yaqin  qarindoshlikka 

tenglashtiriladi. 

         Mazkur  modda  bilan  man  etilgan  yaqin  qarindoshlar  o‘rtasida  nikoh  tuzilsa, 

bu  nikoh  ushbu  Kodeksning  49-moddasiga  asosan  haqiqiy  emas  deb  topiladi. 

Oila  Kodeksining  57-moddasida  qarindoshlik  darajasi  belgilab  qo‘yilgan.  Bir 

umumiy  uchinchi  shaxsdan  (ajdoddan)  kelib  chiqqan  shaxslar  qarindoshlar 

hisoblanadi.  Ikki  shaxs  o‘rtasidagi  to‘g`ri  shajara  bo‘yicha  qarindoshlikning 

yaqinligi  qarindoshlik  darajasi,  ya‘ni  tug`ilish  soni  bilan  belgilanadi.  Bolalar  ota-

onasiga  nisbatan  to‘g`ri  shajaradagi  birinchi,  nevara  bobosiga,  buvisiga  nisbatan 

ikkinchi,  evara  katta  bobosiga,  katta  buvisiga  nisbatan  -  uchinchi  darajadagi 

qarindosh  hisoblanadi  va  hokazo.  Ikki  shaxs  o‘rtasida  qarindoshlikning  uzoq-

yaqinligini  aniqlashda  darajalarning  soni  yoki  shu  shaxslardan  birining  o‘zini 

hisobga  qo‘shmay  turib,  undan  kelib  chiqqan  avlodlar soni hisobga olinadi. Hisob 

ajdodlar  tomon  to‘g`ri  shajara  bo‘yicha  ular  uchun  umumiy  bo‘lgan  shaxsga 

(ajdodga)  qarab  va  undan  esa,  avlodlar  tomon  —  ulardan  boshqasiga  qarab  olib 

boriladi. 




Agar  nikoh  tuzishga  monelik  qiladigan  hollarni  inobatga  olib,  oila  qurilsa,  u 

mustahkam  bo‘ladi,  kelajak  avlod  barkamolligini,  qolaversa,  xalqimizning 

kelajagini  sog`lomlashtirishni  ta‘minlaydi. 


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling