Zamonaviy genetika morfologik, fiziologik va biokimyoviy jihatdan zamonaviy tibbiyotning nazariy poydevori hisoblanadi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
irsiy kasalliklar va ularning salbiy oqibatlari
Uchinchi bobga xulosa 1. Hozirda 7000 ga yaqin irsiy kasalliklarning mavjudligi ma'lum. Har yili kamida 100 ta irsiy kasalliklar aniqlanmoqda. Bunga sabab birinchidan, fanning tobora rivojlanib borishi natijasida odam organizmida kuzatiladigan jarayonlarning irsiy, biokimyoviy, fiziologik mexanizmlari tobora chuqur o‘rganilishi bo‘lsa, ikkinchidan, ekologik muhit sharoitlarining tobora yomonlashib borishi odam irsiyatiga salbiy ta`sir ko‘rsatib kelmoqda. 2. Irsiy kasalliklar tushunchasi bilan tug'ma kasalliklar tushunchasini bir xil ma'noda ishlatib bo‘lmaydi.
Tug‘ma kasalliklar bola tug‘ulishi bilanoq nomoyon bo‘ladi. Ularning sababi irsiy yoki irsiy bo`lmagan omillar bo‘lishi mumkin. İrsiy bo`lmagan omillarga har xil teratogenlar, yuqumli kasalliklarni kiritish mumkin.
Irsiy kasalliklarning hammasi ham tug‘ma bo‘lavermaydi ( 50% ga yaqin) ularning ayrimlari bola tug‘ilgandan keyin dastlabki 2-3 oyda (fenilketonuriya, Verdniga Gofman spinal amiotrofiyasi), 6 oydan 1 yoshgacha (mukovistsidoz, irsiy raxitsimon kasalliklar), bolalikda -5-7 yoshda (Dyushenn miopatiyasi) yetuk -25-50 yoshda (Aran - Dyushenn rivojlanib boruvchi spinal amiotrofiyasi, Gentington xoreyasi), hatto qarilikda (Altsgeymer kasalligi) ham yuzaga chiqishi mumkin. 3. Irsiy kasalliklar deb etiologik omili mutatsiyalar bo‘lgan kasalliklarga aytiladi. Hozirgi davrda irsiy kasalliklarning quyidagi tasnifi keng qo‘llaniladi: genom kasalliklari gen kasalliklari xromasoma kasalliklari 4. Ko‗pincha genom va xromosoma kasalliklari umumiy nom bilan xromosoma kasalliklari deb yuritiladi. Ikkinchi xil klassifikatsiyaning asosida esa mutatsiyalar klassifikatsiyasi yotadi,
bunda ularning nomiga qarab
mexanizimlarni darhol tasavvur qilish mumkin. 5. Irsiy kasalliklarni 5 ta guruhga ajartish mumkin: Gen kasalliklari; Xromosoma kasalliklari;
Somatik hujayralar kasalliklari; Ona va pusht antigenlari nomosligi kasalliklari.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling