Ijtimoiy hayotda-chi?
Demak, qonunchiligimizda ham, shariatda ham, tibbiyotda ham yaqin qarindoshlar
nikohi borasidagi cheklovlar belgilab qo‘yilgan. Hamma gap ularga amal qilishda.
Afsuski, ijtimoiy hayotda yaqin qarindoshi bilan nikohlanayotganlar uchrab
turibdi. To‘g`ri, biz erkin fuqarolik jamiyatida yashayapmiz. Bizda inson huquqlari
qonun himoyasida. Ammo shuni anglashimiz kerakki, bu boradagi barcha sa‘y-
harakatlar kelajak avlod salomatligi, millatimiz kelajagiga qaratilgan.
O‘zaro quda bo‘lish arafasidagi, to‘y taraddudidagi aka-ukalarning
rafiqalariga murojaatimga javoban ularning gaplari meni hayratga soldi:
«o‘g`illarimiz begonaning qizini baxtli qilguncha o‘zimizning qizlarimizni baxtli
qilsin!» Agar bu gapni boshqadan eshitganimda umuman ishonmagan bo‘lardim.
Axir baxt «bu — o‘zimizniki», «bu — begona» degan tamoyilga asoslanmaydi-
ku?! Go‘yoki o‘sha baxtni «begona»larning qizidan qizg`anib, «o‘zingiz»nikilarga
ilinayapsizmi? Axir baxt «tanish-bilishchilik» degan «qoida»ni bilmaydi! Unga
erishish uchun ham aql bilan ish yuritish kerak emasmi?! Taqdirning o‘zi sizlarni
qarindoshlik rishtalari bilan tutashtirib qo‘ygan axir! Bu rishtani mustahkamlash
niyatida quda-anda bo‘lib, oxir-oqibat aksincha, yuzko‘rmas bo‘lib ketganlar
kammi hayotda?! Qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun bir-biringizdan
hol so‘rab, qo‘llab-quvvatlab turishingizning o‘zi kifoya. Shariatda ham silai
rahmning qanchalik xayrli amal ekanligi aytiladi.
To‘g`ri, birgina maqola yokiy dissretasiya ishi bilan hammaga birdek
ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Hamma uchun xulosa qilishga mening haqqim ham
yo‘q. O‘qiganlaringizdan, eshitganlaringizdan o‘zingiz xulosa chiqaring. Bizning
maqsadimiz esa sizga bu boradagi ma‘lumotlarni yetkazish va xulosani to‘g`ri
chiqarishga undashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |