tibbiyot markazi tibbiy irsiyat maslahatxonasi bo‘lim boshlig`i, tibbiyot fanlari
— Ko‘p hollarda yaqin qarindoshlar o‘rtasida tug`ilgan bolalarda irsiy kasalliklar
yaqqol namoyon bo‘ladi. Dunyo olimlarining ta‘kidlashicha, bugungi kunda irsiy
muammolarga 80 foiz hollarda qarindoshlarning o‘zaro nikohi va ekologik
muammolar sabab bo‘lmoqda. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda ota-onalar
ko‘rinishidan sog`lom bo‘lsalar-da, farzandlarining irsiy kasallik bilan tug`ilishi
Aslida irsiy muammolar har birimizda mavjud. Faqat ular yashirin tusda
bo‘ladi. Qachonki infeksiya o‘choqlari, kamqonlik kabi holatlar yuzaga kelganda
ular «bosh ko‘taradi», ya‘ni o‘zini namoyon etadi. «Gen tashuvchi»lar
uchrashganda, agar ular bir-biriga begona bo‘lsa, tug`ilajak bolada irsiy kasallik
bo‘lish xavfi kamroq, agar ular o‘zaro qarindosh bo‘lsa, bu xavf 3-4 baravar
ko‘proq bo‘ladi.
Ba‘zilar «falonchilar ham qarindosh, lekin bolalari sog`lom tug`ilgan»,
degan o‘y bilan qarindosh-urug`lar nikohiga monelik bildirmaydi. Ammo
muammo shundaki, irsiy kasalliklar faqat tug`ilgan paytdagina namoyon
bo‘lavermaydi. Ular turli yoshda bilinadi. Masalan, hatto 35 yosh va undan keyin
ham yuzaga chiqishi mumkin. Bunday kasalliklar hech bo‘lmaganda nevaralarda
namoyon bo‘ladi, ya‘ni yaqin qarindoshlik nikohi asoratlari bir avlodda
kuzatilmasa, keyingi avlodda albatta yuzaga chiqadi. Shuning uchun tibbiyotda
ham yaqin qarindoshlar nikohi tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: