Zamonaviy genetika morfologik, fiziologik va biokimyoviy jihatdan zamonaviy tibbiyotning nazariy poydevori hisoblanadi
Yaqin qarindoshlar nikohi nima uchun xavfli, bu to`g`risida biz nima
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
irsiy kasalliklar va ularning salbiy oqibatlari
Yaqin qarindoshlar nikohi nima uchun xavfli, bu to`g`risida biz nima
bilamiz? Fazilat o‘zi birga o‘ynab katta bo‘lgan amakivachchasi Bahrom bilan kun kelib bir yostiqqa bosh qo‘yishini xayoliga ham keltirmagandi. Ulg`ayganida ham uni o‘z akasidek ko‘rardi. Balog`at yoshida ular hatto bir- biriga sirdosh edi: Bahrom o‘zi ko‘ngil qo‘ygan qiz haqida Fazilat bilan soatlab suhbatlashar, Fazilat ham ortidan ergashib yurgan tengdosh yigitlar to‘g`risidagi sirlarini faqat u bilan o‘rtoqlashardi. Vaqt o‘tib, har ikki oila kattalarining qarori ularni dovdiratib qo‘ydi. Yoshlarning «uni singlimday (akamday) ko‘raman-ku» degan gaplariga javoban «hali yosh-da, nimaniyam bilardi bular», deya kulib qo‘ya qolishdi. «Begonadan ko‘ra o‘zimizniki yaxshi!» Ana shu qaror tufayli ikki sirdosh «aka-singil» turmush qurishdi. Avvaliga hammasi yaxshidek edi, biroq… ketma-ket ikki farzandning tug`ma nuqsonlar bilan dunyoga kelishi yomg`irdan oldingi chaqmoqdek yuraklarni larzaga soldi. To‘ydan oldin «shuncha aka-uka, opa-singillar quda bo‘layapti, hech nima qilgani yo‘q-ku, o‘zingnikidan qo‘ymasin», deya hech kimga gap bermagan ammayu xolalar ham, «e, vahima qilmanglar, falonchilar ham qarindosh, ana, bolalari chopqillab yuribdi, soppa-sog`», deya oila kelajagini o‘ylab kuyinganlarni koyigan tog`ayu amakilar ham mum tishlab qolishdi. Rost- da, endi biror gap aytishdan ne naf? G`isht qolipdan ko‘chib bo‘lgandi… Eng so‘nggi chora — to‘g`ri xulosa qila bilish. Bir paytlar gazetada yaqin qarindosh bilan quda bo‘lmaslik ma‘qulligi haqida qisqagina mulohaza chop etganimizda tahririyat telefonlari tinmagandi deydi ―Oila davrasida‖ gazeta muhbiri Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti matbuot xizmati. Quda bo‘lgan qarindoshlar yoki shu arafada turganlar e‘tiroz bildirishgandi. O‘zaro quda-anda bo‘lib, «og`zi kuygan»lar esa o‘zidan o‘tganini o‘zi biladi. Ammo biz bir chetda chapak chalib turolmaymiz. Aslida nafaqat biz, siz ham bunday holatlarga befarq bo‘lmasligingiz lozim. Axir sog`lom farzand — sog`lom oila, sog`lom jamiyat, sog`lom millat degani. Axir har birimiz shu jamiyat, shu millatning vakilimiz. Yaqin qarindoshlar nikohi esa millatning irsiy zaiflashuviga
olib keluvchi omillardan sanaladi. Yuragingizning tub-tubiga nazar solib ko‘ring: kelajakda ham o‘zbekmiz deb ko‘ksimizni kerib yurishimiz uchun kelajak avlodning har tomonlama sog`lom bo‘lishiga erishishimiz qanchalik muhimligini anglaysiz. Gapning indallosini qilib, keling, mutaxassislarga murojaat etamiz. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling