1. Hozirgi davrda genetika fani, xususan tibbiyot genetikasi yanada rivojlanib,
uning yutuqlari inson manfaatlari yo‗lida hizmat qilib kelmoqda. Shu maqsadda
respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida ―SKRINING‖ markazlari,
tibbiy-genetik maslahatxonalar tashkil qilinib, irsiy va tug‗ma kasalliklar ularni
erta aniqlash, davolash va oldini olish, aholi salomatligini yaxshilash, kelajakda
sog`lom va barkamol avlodni dunyoga keltirishda genetika fani yutuqlaridan
keng foydalanilmoqda. Tadqiqot natijalaridan aholi tibiiy madaniyatini oshirish
borasida keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib borish.
2. Mamlakatimizda reproduktiv salomatlik bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari olib
borilayotganiga qaramay, qarindoshlarning quda-anda bo‘lishi hamon uchrab
turibdi. Shu sababli aholi, keng jamoatchilik hamda mahalla oqsoqollari bilan
yaqin qarindoshlar va oila quradigan yoshlar orasida yaqin qarindoshlar
nikohining salbiy oqibatlari to`g`risida targ`bot-tashviqot ishlarini olib borish.
3. Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy qilinsa, akademik litsey va kasb-hunar
kolejlarida, oliy ta`lim muassasalarida genetika (tibbiyot genetikasi) fanini
o‘qitishda qulaylik tug‘diriladi, ta‘lim sohasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi,
o`quvchi va talabalarning fanga qiziqishi ortadi, kasb tanlash imkoniyatlari
kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: