Zamonaviy gimnastika — bu maxsus tanlangan jismoniy mashqlar va metodik usullar tizimidan iborat bo'lib, insonning salomatligini mustahkamlashda, uning har tomonlama jismoniy rivojlanishida hamda jismoniy sifatlar — kuch, tezkorlik


Download 0.84 Mb.
bet1/3
Sana10.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1697087
  1   2   3
Bog'liq
Zamonaviy gimnastika MAQOLA 4


Mavzu: Gimnastika mashg’ulotlari, maktab o’quvchilari va texnikum talabalarini kasbiy amaliy va jismoniy tayyorlashdagi
o’rni va ahamiyati
Samarqand shahar 51-maktab Jismoniy madaniyat fani o’qituvchisi Uzakov Farrux Zakirovich
Annotatsiya. Ushbu maqola maktab va texnikum o’quvchilarini gimnastika mashg’ulotlari asosida salomatligini mustaxkamlashga o’rgatadi.
Qadimiy Yunonistonda bar bir yosh yigit va qizlar kamolotga erishishda jismoniy mashqlar bilan shug'ul-lanishlari shart bo'lgan. Taajjublanarlisi, yigitlar yalang'och shug'ullanishgan. ,,Yalang'och" degani yunon tilida ,,gim-nos" bo'lib, gimnastika atamasi, shundan kelib chiqqan.t Sportning bu turi inson qomatini xushbichim, chiroyli, kelishgan bo'lishiga va jismonan barkamol o'sishiga, muskullari mustahkam rivojlanishiga, harakatlari chaqqon bo'lishiga yordam bergan.
“Gimnastika" tushunchasi keng ma'noni anglatadi. U quyidagilardan: sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, ritmik, akrobatik gimnastikalardan iborat.
Zamonaviy gimnastika - bu maxsus tanlangan jismoniy mashqlar va metodik usullar tizimidan iborat bo'lib, insonning salomatligini mustahkamlashda, uning har tomonlama jismoniy rivojlanishida hamda jismoniy sifatlar - kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va chaqqonlikni takomillashtirishda qo'llaniladi. Gimnastika mashg'ulotlari kishilarning umumiy jismoniy tayyorgarliklari uchun zamin yaratadi, ular barchaga yoshi, jinsi va tayyorgarligiga bog'liq bo'lmagan xolda mos kelaveradi. Gimnastika mashg'ulotlari muskullarning bir tekis taraqqiy etishiga imkon beradi, chiroyli qaddi-qomatning shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Rang-barang bo'lgan gimnastika mashqlari belgilangan muskullar guruhiga, ularning tanlab ta'sir ko'rsatish tabiatiga, jismoniy yuklamalarni aniq me'yorlash mavjud ekanligiga ko'ra uni jismoniy tarbiyaning o'z o'rniga ega bo'lgan vositasiga aylantiradi. Shuning uchun ham u maktabgacha tarbiya muassasalarida va o'quv muassasalarida, davolash-profilaktika ishlarida va ishlab chiqarishda, armiya va sportda ham o'zining keng o'rnini topgan. Bironta sport turi yo'qki, unda gimnastika mashqlari ishtirok etmagan bo'lsin, Gimnastika mashqlaridan yengil atletikachi, kurashchi, basketbolchi va shu kabi sport turi vakillarini tayyorlash hamda maxsus vazifalarni hal qilishda keng foydalaniladi.
Gimnastika mashqlari maktab va texnikumlarda, o'quvchilarning o'quv mashg'ulotlarida ham, sport seksiyalaridagi trenirovka mashg'ulotlarida ham o'z o'rnini topgan. Gimnastika mashqlari EGBda, mustaqil uy mashqlarida, ishlab chiqarish gimnastikasi va badantarbiya daqiqalarida ham muhim hisoblanadi.
Gimnastika, shuningdek, maktab va texnikum o'quvchilarini kasbiy-amaliy jismoniy tayyorlashda ham qo'llaniladi. O'quvchilar gimnastika mashg'ulotlari davomida yurish, yugurish, tirmashib chiqish, emaklab o'tish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, yukni ko'tarib yurish va olib o'tish kabi ko'nikma va hayotiy muhim malakalarni egallaydilar va takomillashtiradilar. Ular barcha mehnat faoliyati davomida kerak bo'ladi.
Tajriba “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test me'yor va talablarini bajarganda, o'quv mashg'ulotlariga jiddiy munosabatda bo'lganda, uyda gimnasitka mashq mashg'ulotlarining muntazam bajargandagina ijobiy natija berishini ko'rsatmoqda.
Maktab va texnikumlarning barcha o'quvchilari, ayniqsa, bitiruvchilari, o'z o'rtoqlari bilan ertalabki gigiyenik yoki ishlab chiqarish gimnastikasi mashg'ulotini tashkil etish hamda o'tkazishni bilishi kerak. Ular bu ko'nikma va tashkilotchilik malakalarini o'quv mashg'ulotlarida o'zlashtirib oladilar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling