Zamonaviy gimnastika — bu maxsus tanlangan jismoniy mashqlar va metodik usullar tizimidan iborat bo'lib, insonning salomatligini mustahkamlashda, uning har tomonlama jismoniy rivojlanishida hamda jismoniy sifatlar — kuch, tezkorlik


Gimnastika mashqlarining atamalari


Download 0.84 Mb.
bet2/3
Sana10.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1697087
1   2   3
Bog'liq
Zamonaviy gimnastika MAQOLA 4

Gimnastika mashqlarining atamalari
Gimnasitka mashqlarining atamalari hayotiy ehtiyoj tufayli paydo bo'ldi, ya'ni insonning har xil holat va harakatini qisqa qilib atash lozim bo'lib qoldi. Bu esa gimnasitka, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanuvchilarni o'qituvchi, murabbiy, sport hakamlari bilan muomalada bo'lishini yengillashtirdi. Asosiy gimnastika atamalari va ularning hosil bo'lish qoidalari sport turlarida keng qo'llaniladi.
Gimnastika atamalari 1938- yilda qabul qilingan bo'lib, shundan so'ng u tadrijiy rivojlantirildi, aniqlashtirildi, to'ldirildi va ayrimlari qisman almashtirildi, yangilari qo'shildi.
“Gimnastika” atamasi deganda gavdaning alohida yoki majmui harakat holatini qisqa qilib shartli atalishi tushuniladi. Atamalar o'z mohiyatiga ko'ra ixtisoslashganligi bilan lug'atda umumiy qabul qilingan so'zdan farqlanadi. Atamalar, odatda, bir xil ma'noli, masalan “egilish”, “osilish”, “tayanish”dan iborat so'zlardir. Gim­nasitka amaliyotida ba'zan atama sifatida odatiy so'zlar: “ko'prik”, “shpagat”, “doira” va hokazolar ishlatiladi. Ammo atamalar sifatida ayrim so'zlarning o'zagidan foydalaniladi “o'tirish”, “siltash”, “osilish” va boshqalar. Shu tariqa atamalar ishlab chiqiladi.
Atamalar tufayli o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muomalada qisqalikka erishiladi, natijada harakat, gavda holatining biror ko'rinishi, mashqlarning o'ziga tegishli xususiyatlari aniq so'z bilan ifodalanadi. Gimnastika atamalari qulayligi, aniqligi, qisqaligi bilan ajralib turadi.
Atamaning qulayligi - bu uining tushunarliligi. Gimnastika atamasining hammabopligi uning o'zbek tili lug'at tarkibi asosida qurilganligidadir.
Qisqa, talaffuz paytida o'ng'ay va yengil esda saqlanadigan atamalar eng maqsadga muvofiqlari deb tan olinadi. Qisqalik uchun maxsus qisqartmalar qabul qilingan, ular gimnastika mashqlarini yozib borishni yengillashtiradi. Masalan, so'zni tushirib qoldirish qabul qilingan: “gavda” — egilish paytida, “oyoq” — qayta siltash paytida yoki uni oyoq uchiga qo'yishda, “ko'tarish” va “tushirish” — qo'l yoki oyoqlar harakati paytida va boshqalar. Harakat odatiy bo'lmagan usulda bajarilsa yoki qisqa yo'l bilan bajarilmasa, qo'l-oyoqlar va gavda holati alohida ko'rsatiladi.
Ayrim gimnasitka mashqlari hamda ular atamalarining qo'llanishi bilan tanishing. Sizga tanish bo'lgan holat, shuningdek, harakatlarning yozilishi va talaffuzini esda saqlang. Bular o'quv-trenirovka va mustaqil mashg'ulotlarda tez-tez uchraydi. Alohida e'tiborni erkin mashqlarning atamalariga qarating, bu sizga EGB mashqlar majmuyini tushunish va to'g'ri yozishni yengillashtiradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling