Zamonaviy iqtisodiy
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
2. Samarali talab J.M.Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida o’z tadqiqotlarini klassiklar nazariyasini, jumladan, Sey qonunini tanqid qilishdan va samarali talab nazariyasini isbotlab berishdan boshladi. Sey qonuni klassiklar o’rtasida to’g’ri deb e’tirof etilgan va unga amal qilib kelingan. Bu qonunga ko’ra taklif avtomatik tarzda o’z talabini yuzaga keltiradi. J.M.Keyns esa unga qarshi yalpi talab o’z taklifini yuzaga keltirish g’oyasini ilgari suradi va o’zining samarali talab nazariyasini ishlab chiqadi. Nega samarali talab hal qiluvchi omil ekanligini tushun-tirib berish uchun J.M.Keyns yalpi taklif va yalpi talab tushuncha-larini kiritdi. Yalpi taklif yalpi xarajatlar va yalpi mahsulot (yoki bandlik) hajmi o’rtasidagi nisbat bilan aniqlanadi. Qisqa vaqt ichida bu nisbat o’zgarmaydi. Ma’lumki, tadbirkor muayyan mahsulotni sotgandan keyin daromad olish mumkin. Yalpi talab kutilayotgan daromadlar (jamiyat miqyosida) va yalpi mahsulot (bandlik) o’rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Bu nisbat o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun yalpi mahsulot, bandlik dinamikasi yalpi talab omillariga bog’liq bo’ladi. Yalpi talab bu iste’mol talabi va investitsiya talabini (ish-lab chiqarish vositalariga bo’lgan talab) o’z ichiga oladigan talab hisoblanadi. J.M.Keyns bo’yicha, ish bilan bandlik va milliy da-romad ishlab chiqarish, uning dinamikasi taklif omillari (ishla-tilayotgan mehnat, kapital miqdori, ularning unumdorligi) bilan emas, balki talab omillari bilan aniqlanadi. U o’z tadqiqoti markaziga talab muammosini qo’yadi. Uning bu nazariyasi samarali talab nazariyasi deyiladi. Yalpi talab iste’molchilar, korxonalar, hukumat sotib olish-ga rozi bo’lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Bu to’lovga qobil talab bilan ta’minlangan tovar va xizmatlar summasi. Narxlar bilan milliy mahsulot ishlab chiqarish o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx daraja-sining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab 23 beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik darajasini ifo-dalovchi yalpi to’lovga qodir talab. Bu erda yalpi talabni qanday rag’batlantirish asosiy muammo hisoblanadi. J.M.Keyns XX asrning 30-yillari ko’pchilik mamla-katlarda yalpi talabning (iste’mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali bo’lmaganligini asoslab berdi: a) iste’molga bo’lgan talabning etarli darajada samarali bo’lmasligiga asosiy sabab, ish haqi oshganda kishilar iste’moli-ning oshib borishi pul daromadining o’sish sur’atidan doimo orqada qoladi, bu holat “asosiy psixologik qonun”ning amal qilishi bilan bog’lab tushuntiriladi, bu qonunga ko’ra, inson daro-madlari oshib borganda oldingiga qaraganda daromadlarning ko’proq qismi jamg’arila boriladi; b) investitsiyaga bo’lgan talab ikkita sababga ko’ra samarali bo’lmagan: – o’sha “asosiy psixologik qonunning” amal qilishi tufayli iste’molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolish-dan qo’rqishi; – kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi. J.Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va hukumatning quyidagi faoliyat yo’nalishlarini taklif qiladi: – davlat uncha yuqori bo’lmagan iste’mol talabini davlat hujjatlarini va iste’molini ko’paytirish orqali konpensatsiya-lashi kerak; – hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartibga solish yo’li bilan xususiy investitsiyani rag’batlantirish siyosatini yurgazishi kerak; – bozordagi vaziyatga qarab, ayrim hollarda, aholi jamg’ar- masining haddan tashqari ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsa- dida, aholidan olinadigan soliqlarni ko’paytirish zarur; shu maqsadda vaqti-vaqti bilan ish haqi darajasini muzlatib qo’yish o’rinli hisoblanadi; – makroiqtisodiy darajada qaror qabul qilishda “multi- Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling