Zamonaviy iqtisodiy
– mavzu. Keynschilik va yangi keynschilik
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
2 – mavzu. Keynschilik va yangi keynschilik
R E J A : 1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta’limoti. 2. Samarali talab. 3. Insonning psixologik moyilligi. 4. Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar. 5. Multiplikator. 6. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari. 7. Yangi keynschilik. 1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta’limoti Jon Meynard Keyns (1883-1946) – hozirgi zamonning buyuk olimi-iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o’zi oldin bilim olgan, keyin o’qituvchilik qilgan Kembrij universitetida shakllandi. U bu erda ikkinchi bir atoqli olim – Kembrij iqtisodiy maktabi-ning asoschisi A.Marshall qo’lida ta’lim oldi. Ammo uning izidan bormadi, o’ziga xos yo’nalishda nazariya yaratdi. Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko’rsatish dastagiga ega bo’lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo’lgan. U shunday yozadi: «Ulyanov Lenin kapi-talistik tizimni yo’qotishning eng yaxshi usuli – bu inflyatsiya vositasida uning valyutasini obro’sizlantirish va kuchsizlan- tirish deb tasdiqlagan edi. Lenin mutlaq haq bo’lgan. Amal qilib turgan jamiyatni to’ntarishning bundan nozik va to’g’ri usul yo’q». Ingliz iqtisodchisi inflyatsiya keltirib chiqaradigan «inflya-tsiya solig’i» (pul qadrsizlanganda uning egasi o’z jamg’armasi qiymatining bir qismini yo’qotadi) va uning salbiy oqibatlarni ko’rsatib berdi. Surunkali inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish faoliyati bilan, ayniqsa, uzoq muddatli investitsiya loyihalari bilan shug’ullanish, oddiy qilib aytganda, befoyda: pul juda sekin aylanadi va o’zining sotib olish qobiliyatini yo’qotadi. Shuning uchun chayqovchilik faol tadbirkorlik faoliyati sohasiga aylanadi. U turli bozorlarda baholar o’rtasidagi farq hisobiga foydani ko’paytirishga imkon beradi. 19 J.M.Keyns o’z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling