Zamonaviy iqtisodiy
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora- tadbirlari J.M.Keyns ta’limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko’rsatib berildi. Bu erda shu narsani aytib o’tish joizki, J.M.Keynsdan oldingi iqtisodchilar (D.Rikardo, A.Pigu, K.Viksell) ham bu borada nazariya yaratganlar. Ammo J.M. Keyns nazariyasi uning o’tmishdoshlari va zamondoshlari nazariya-laridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o’z- o’zidan yuaga keladigan hodi-salar emas, balki bozor mexanizmi harakati tug’diradigan hodisa-lar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat tomonidan muntazam, uzluksiz ravishda tartibga solib turish zarurligini ko’rsatib beradi. J.M.Keyns bu bilan klassik-lar tomonidan ishlab chiqilgan va o’sha paytda hukmron bo’lib turgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Firmaning (mikroiqtisod) rivojlanishi sharoiti bir butun mil-liy iqtisodiyotning (makroiqtisodiy) rivojlanish sharoitini belgilab berolmasligini ko’rsatib berdi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha naza-riyasi uch asosiy holatni o’z ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchi-dan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayo-nida bo’ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi. J.M. Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o’zini-o’zi tar-tiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal 31 qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko’rsatib, «davlat iste’molga bo’lgan moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman tegishli soliq tizimi yo’li bilan, qisman foiz me’yorini belgilash yo’li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi. J.M.Keyns fikriga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiya-lari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to’la ish bilan bandligiga erishishga, foiz me’yorini pasaytirish va belgilashga bog’liq. Uning ta’kidlashicha, davlat investitsiyalari ular etish-may qolgan sharoitda qo’shimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet kamomadidan qo’rqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning o’sishi va foiz me’yorining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns kontseptsiyasi bo’yicha, ssuda foizi qancha past bo’lsa, investitsiyalarga bo’lgan qiziqish shuncha yuqori bo’ladi, bu, o’z navbatida, ish bilan band-likni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling