Zamonaviy iqtisodiy
iqtisodchi P.Duglas va matematik X.Kobb
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
iqtisodchi P.Duglas va matematik X.Kobb iqtisodiy o’sish modelini
ishlab chiqdilar. Mazkur model ikki omilli – mehnat va kapital – bo’lib, u ushbu omillarining ishlab chiqarish hajmini yoki milliy daromadni ko’paytirishdagi ulushni hisob-lashga imkon beradi. Kobb – Duglas modeli quyidagi ko’rinishga ega: Y = AK a L b bunda Y – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (milliy daromad), K – kapital qo’yilmasi, L – sarflangan yalpi mehnat, A – mutanosiblik koeffitsienti, a – mahsulot (daromad)dagi kapital hissasini ko’rsatuvchi koeffitsient, b - mahsulot (daromad)dagi mehnat hissasini ko’rsatuvchi koeffitsient. Mazkur model mual-liflari 1899-1922 yillar davrida AQSh ishlab chiqarish sanoa-tida ish bilan bandlikning, asosiy kapitalning va ishlab chiqa-rishning dinamikasi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida (empirik usulda) ishlab chiqarish funktsiyasining quyidagi para- metrlarini aniqlab berdi: Y = 1.01 • K 0,25 • L 0,75 Kapital sarflarning 1%ga ko’payishi ishlab chiqarish haj-mining 1/4 ga yoki 0.25 foizga oshishini keltirib chiqaradi; mehnat sarflarining 1% ga ko’payishi mahsulot ishlab chiqarishni muvofiq ravishda – 3/4 yoki 0.75 foizga oshiradi. Koeffitsient a, agar kapital sarflari 1%ga ko’paysa, ishlab chiqarish (milliy daromad) necha foizga o’zgarishini ko’rsatadi. Xuddi shunga o’xshash, koeffitsient b, agar mehnat sarflari 74 1% ga ko’paysa daromad necha foizga o’sishini bildiradi. a + b yig’indisi, K va L omillari bir vaqtda 1% ga ko’payganda ishlab chiqarish yoki milliy daromad hajmi necha foizga oshganini ko’rsatadi. Agar a + b = 1 desak, (Kobb va Duglas ishlab chiqqan modelni ko’rilayotgan davrga qo’llasak bu yig’ma, formuladan ko’rinib turganidek, 1 ga teng), bu K va L ning bir vaqtda 1 foizga oshishi Y ning ham 1 foizga oshishini keltirib chiqarishini bildiradi. Lekin a + b > 1 yoki a + b < 1 vaziyatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda kapital va mehnat omillari qaytimining ko’payishi yoki kamayishiga qarab ularni o’zaro almashtirish mumkin. Amaliyotda omillarning bunday o’zaro almashinishi texnologik o’zgarishlar bilan bog’liq. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling