Islomov A., Egamov E. Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar. Ma’ruzalar
matni. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 111 bet.
Mazkur ma’ruzalar matni kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, oliy
o’quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasi talablarini
hisobga olgan holda “Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar”
fani dasturi
asosida tayyorlandi. Har bir mavzu bir-biri bilan mantiqan bog’langan
bo’lib, turli davrlarda yashab ijod qilgan olim va mutafakkirlarning
iqtisodiy fikrlar sohasidagi tarixiy merosi va g’oyaviy
boyliklarini
o’rganishga qaratilgan. Iqtisodiy fanda oldin amal qilib kelgan va hozir
amal qilayotgan alohida mak-tab va yo’nalishlarning
kontseptsiya va
nazariyalari, ularning o’zaro bog’liqligi va o’ziga xos xususiyatlariga
alohida e’tibor qaratilgan. Ularni o’rganish
iqtisodiy bilimlarni
mustahkamlashga va chuqurlashtirishga,
mamlakatimizda va jahonda
sodir bo’layotgan iqtisodiy hodisalarni mustaqil tahlil qilishga va to’g’ri
xulosa chiqarishga yordam beradi.
Ma’ruzalar matni barcha yo’nalishdagi bakalavrlar uchun
mo’ljallangan.
Mazkur qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv
yurtlararo ilmiy-uslubiy kengashning 2006 yil 22 iyuldagi 8-sonli
qarori
bilan nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: i.f.d, prof. Shodmonov Sh.
i.f. n., dots. Jo’raev T.