Zamonaviy iqtisodiy
TU 3 1-rasm
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
TU
3 1-rasm 2 1 0 1 2 3 Q Demak, xulosa qilish mumkinki, me’yorli foydalilik miq-dori mazkur tovar miqdoriga va unga bo’lgan iste’mol darajasiga bog’liq. Har bir alohida buyum (tovar)ning me’yorli foydaliligi konkret va shu bilan birga sub’ektivdir. Birinchi ko’zadagi suvning foydaliligi juda yuqori: agar chanqovni qondirishga boshqa bironta ko’zada suv bo’lmasa. Beshinchi yoki oltinchi ko’zadagi suvning foydaliligi ancha kam: u gullarga suv quyish yoki pol yuvishga ishlatiladi. O’ninchi ko’zaga kelsak, u umuman ortiqcha bo’lishi mumkin. Uy javonida uning egasiga, misol uchun, etti juft etik etarli; qolganlari javonda faqat joyni band qiladi va ularni kiyib ulgurmasdanoq modadan chiqib qolishi mumkin. Foydalilikning pasayib borishi buyumning haqiqiy qimmati nima bilan (uning eng ko’p, o’rtacha yoki eng kam foydaliligi bilan) aniqlanishini tushunishda yordam beradi. Avstriya maktabi vakil-lari nazariyasiga ko’ra, konkret qimmat eng kam yoki me’yorli foydalilik bilan aniqlanadi. Xaridor o’zi uchun yagona bo’lgan, bir juft etik uchun ettinchi etikka qaraganda ko’p haq to’lashga tayyor. Unga birinchi juft etikka qaraganda, ettinchisining foydasi ancha kam. Demak, foydalilikka sub’ektiv baho beriladi, tovar miqdori ko’payib borgan sari foydalilik pasayib boradi va bu miqdorning kamayib borishi bilan foydalilik oshib boradi. Bozorning tovarlar bilan to’yi-nish darajasini o’rganayotgan ishlab chiqaruvchi ham ushbu xusu-siyatni hisobga olgan holda ish yuritadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling