Zamonaviy iqtisodiy
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
Bu erda: MU – ayrim tovarlarning me’yorli foydaliligi; P – ularning narxi. Shunday qilib, turli tovarlarning me’yorli foydaliliklari tenglashadi. Agar 1 kg apelsin 100 so’m, 1 kg ananas esa 300 so’m tursa, unda ananasning foydaliligi apelsinning uch karra ko’paytirilgan foydaliligiga teng. Shunday taqqoslashga muvofiq bozorda alohida tovarlarning narxlari o’rnatiladi, nisbatlar shakllanadi, nisbiy narxlar tashkil topadi. Natijada pul bir-ligiga olinadigan har bir tovarlarning me’yorli foydaliliklari tengligi kelib chiqadi. Ijtimoiy me’yorli foydalilik. Bozorda har bir sub’ekt o’ziga keragidan ortiqcha tovarlarini (sub’ekt uchun me’yorli foy-daliligi nisbatan katta bo’lmagan) sotish va o’zi ehtiyoj sezgan tovarni (uning me’yorli foydaliligiga nisbatan yuqori) sotib olish yuzasidan ish yuritadi. Kishilarning manfaatlari to’qna-shadi va iste’molchilar bilan sotuvchilarning sub’ektiv baholashi yagona ijtimoiy qiymatni keltirib chiqaradi. Agar bozorda faqat bitta sotuvchi (uning uchun sotilayotgan tovarning me’yorli foy-daliligi, masalan, 100 pul birligiga teng) va bitta (300 pul birligiga teng) xaridor bo’lsa, unda narx 100 dan 300 gacha bo’lgan chegarada tebranib turadi. Lekin bozor ishtirokchilari qancha ko’p bo’lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo’ladi (Edjuort teoremasiga muvofiq). E.Bem-Baverk o’nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot bozorini misol qilib keltiradi. Har bir xaridor o’zining yuqori narx chegarasiga ega («undan qimmatiga olmayman»), har bir sotuvchi esa - quyi narx chegarasiga («undan kamiga sotmayman»). 2-jadvalga qarang. Bir ot uchun belgilangan narx 120 pul birlik bo’lganda bozorda 10ta xaridor va 2 tagina sotuvchi qoladi. Bunda talab taklifdan oshib ketadi va narx, albatta, ko’tariladi (xaridorlar o’rtasida raqobat natijasida). 9 Xaridorlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Qimmat bo’lmasin (pul birligidan) 300 280 260 240 220 210 200 180 170 150 Sotuvchilar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Arzon bo’lmasin (pul birligidan) 100 110 150 170 200 215 250 260 Agar narx, masalan, 250 pul birligi darajasida o’rnatilsa, unda bozorda 7 ta sotuvchi va 3 tagina xaridor qoladi. Taklif talabdan oshib ketadi. Endi sotuvchilar o’rtasida raqobat kelib chiqadi, ular narxni pasaytira boshlaydilar. Narx 215 pul birligidan sal pastga tushishi bilanoq, bu erda sotuvchilar bilan xaridorlar soni tenglashadi (oltitaga oltita). Shunday qilib, bunday bozorda bir otning narxi 210 va 215 pul birligi o’rtasida o’rnatiladi. Ana shu narx, faraz qilaylik, 212,5 pul birligi, mazkur bozordagi pul birligiga nisbatan otning me’yorli foydaliligini ifodalab beradi: bu narxdan kamiga hech kim sotmaydi, bu narxdan yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy me’yorli foydalilikdir. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling