Zamonaviy iqtisodiy
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
7 2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va buyumning ijtimoiy me’yorli foydaliligi Har xil ehtiyojlarni qondirish uchun buyumlar qanday taq- simlanishi kerak? Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o’zi uchta – A, V va S ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bu erda A ancha muhim ehtiyoj, S esa unchalik ahamiyatli bo’lmagan ehtiyoj. Demak, ehtiyoj-larning har birini qondirish uchun Z buyumi birligining me’yorli foydaliliklari har xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyi-ladi, 1-jadvalga qarang). 1-jadval A V S 4 3 3 2 2 2 1 1 1 Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo’lgach, odam uni A ehtiyojni qondirish uchun foydalanadi, negaki bu vaziyatda uning me’yorli foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum birligi bo’lsa, unda ularning uchtasini u A ehtiyojni qondirishga ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga ishlatadi. Bunda ehtiyojlarning umu-miy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha me’yorli foyda-liliklarning yig’indisi). Bu erda shu narsani bilish qiyin emas-ki, buyumlarning boshqacha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli bo’lardi. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birlik-lari har xil e’htiyojlar o’rtasida ratsional taqsimlanganda me’yor-li foydaliliklar baravarlashadi: MUa = MUb = Mus Bozorda tovarlarni xarid qilishda umumiy foydalilikni maksimallashtirish uchun ularning narxini ham hisobga olish kerak. Bunda xaridor qimmat tovar o’rniga arzonroq tovarlardan ko’proq sotib olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har biriga sarflangan har bir pul birligidan bir xil qoniqish hosil qilishi mumkin. Gossenning ikkinchi qonuni me’yorli foy-daliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi, ya’ni bu qonunga muvofiq bir pul birligiga olingan har bir tovarning me’yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda, go’sht yoki baliq sotib olishga sarflangan har bir oxirgi pul birligi, o’z 8 foydaliligi bo’yicha, makaron yoki kartoshka sotib olishga sarflangan oxirgi pul birligiga teng bo’lishi kerak. Iste’mol muvozanatining bunday shartini quyidagicha ifodalash mumkin: n n P MU P MU P MU P MU = = = = ... 3 3 2 2 1 1 Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling