Zamonaviy iqtisodiy
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar
bir omilli model. Ayni paytdagi kapital sig’imida kapitalga bo’lgan
talab faqat milliy daromadning o’sish sur’atiga bog’liq deb, faraz qilinadi; 2) kapital sig’imi ishlab chiqarish omillari baholari nisba-tiga bog’liq emas, balki faqat ishlab chiqarishning texnik sharoit-lari bilan aniqlanadi. Keynschilik nazariyasida investitsiyalar iqtisodiy o’sishning asosiy omili hisoblanadi. Ko’rilayotgan iqtisodiy o’sish modelida investitsiyalar muhim rol o’ynaydi: ular bir tomondan, kapital jamg’arilishini ko’paytiradi, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish quvvatini oshiradi. Investitsiyalar o’zgaruvchan bo’ladi, ularning yordamida iqtisodiy o’sishni tartiblab turish mumkin. Jamg’armalarning milliy daromaddagi hissasi doimiy deb qara-ladi. Jamg’armalar S va investitsiyalar I tengligi – barqaror iqti-sodiy o’sishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Agar jamg’ar-malar investitsiyalardan oshib ketsa unda ortiqcha zaxira kelib chiqadi, asbob-uskunalardan to’liq foydalanilmaydi, ishsizlik ko’payadi. Bu hol iqtisodiy o’sishning pasayishiga olib keladi. Agar investitsiyalar jamg’armalardan ortib ketsa, iqtisodiyotning “zo’riqib” ketishiga va narxlarning oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Muammo shundan iboratki, qisqa muddatli (“statik”) va uzoq muddatli (“dinamik”) davrlarda jamg’armalar va investitsiyalar o’rtasidagi nisbatlar bir xil ko’rinishda bo’lmaydi. Qisqa mud-datli davrda jamg’arma va investitsiyalar yakuniy summasi bo’yicha teng keladi. Uzoq muddatli davrda esa boshqacha vaziyat kuzatiladi. Bugun ajratilgan (taklif) jamg’armalar, ertaga amalga oshi-rilishi mo’ljallangan investitsiyalar qo’yilmalariga (talab) muvo-fiq kelishi kerak. Joriy taklif va kutilgan talabning mos kelishi, bugungi jamg’armalarni va ertangi investitsiyalarni muvofiqlashtirish juda katta muammo hisoblanadi. Agar kon’yunkturaga oid mulohazalarni hisobga olmasak, unda uzoq muddatli davrda bir tomondan, real jamg’armalar va kutiladigan investitsiyalar nazarda tutiladi, ikkinchi tomondan, o’rtacha ko’rsatkichlarga emas, balki o’sib boruvchi ko’rsatkichlar, yakuniy (o’sib boruvchi) omillarga e’tibor qaratiladi, ularning ta’sirida investitsiyalar tashkil etiladi. 69 Bir omilli Xarrod-Domar modeli uzoq muddat davrdagi iqtisodiy o’sish muammosini echib berishga qaratilgan yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Mazkur model dinamikada bo’ladigan o’zaro aloqalar xarakterini ochib berishga, ularni ancha aniq tasav-vur qilishga yordam beradi. Dinamikadagi iqtisodiy o’sish tenglamasi. Xarrod-Domar formulasi quyidagi ko’rinishga ega: Y = S / K, yoki Y • K = S bu erda Y – iqtisodiy o’sish sur’ati, S – milliy daromaddagi jamg’arma hissasi, K – kapitalning yaratilgan mahsulotga bo’lgan nisbati (kapital sig’imi koeffitsienti). Ko’rsatilgan tenglamadan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiy o’sish sur’ati Y milliy daromaddagi jamg’arma hissasi-ning S kapital sig’imi koeffitsientiga K bo’lgan bo’linmasiga teng. Y • K ifodasi milliy daromaddagi sof investitsiya hissasi-ni bildiradi. Nega bunday bog’liqlik hisobga olinadi? 1. Sof jamg’armaning milliy daromadga bo’lgan nisbati, S. Sof jamg’arma hissasi qancha ko’p bo’lsa, umuman olganda, inves- titsiyalar miqdori shuncha ko’p bo’ladi. Ularning o’sishi qancha yuqo-ri bo’lsa iqtisodiy o’sish sur’ati ham shuncha yuqori bo’ladi: inves- titsiyalar o’sishi bilan iqtisodiy o’sish sur’ati o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud. 2. Kapital sig’imi koeffitsienti, ya’ni kapitalning mahsulotlarga bo’lgan nisbati, K. O’sish sur’ati kapital sig’imi bilan bog’liq. Kapital sig’imi qancha yuqori bo’lsa, iqtisodiy o’sish sur’ati shuncha past bo’ladi. Aksincha, kapital sig’imi darajasi qancha past bo’lsa (texnika ta-raqqiyoti, strukturali o’zgarishlar tufayli), o’sish sur’ati shuncha yuqori bo’ladi. Kapital sig’imi koeffitsienti bilan iqtisodiy o’sish sur’ati o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling