Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari


Download 183.2 Kb.
bet10/11
Sana13.01.2023
Hajmi183.2 Kb.
#1092178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari

Resurs kategoriyalari. Iqtisodchilar iqtisodiy resusrslarni to’rtta umumiy kategoriyaga bo’ladilar.
Yer. Iqtisodchillar uchun yer ko’p insonlarga qaraganda ko’proq ma’no kasb etadi. Iqtisodchilar uchun ishlab chiqarich jaroyonida ishtirok etadigan barcha tabiiy resusrslar tushuniladi, jumladan, ekin maydonlari, o’rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suz resurslarini tashkil etadi.
Mehnat. Insonlarning ko’rsatadigan hamma turdagi mehnatlarini umumlashtirib, “mehnat”deb atash mumkin bo’ladi.
Kapital. Iqtisodchilar uchun kapital yoki kapital mahsulotlariga iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan barcha vositalarni kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Irtisodchilar kapital tovarlari haridiga investitsiya deb qaraydilar.6
Kapital mahsulotlari iste’mol mahsulotlaridan farq qiladi chunki iste’mol mahsulotlari inson ehtiyojini to’g’ridan-to’g’ri qondiradi, vaholanki kapital mahsulotlari iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. E’tibor berish kerakki, iqtisodchilar “kapital” terminiga pul sifatida emas, balki jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalari sifadida qarashadi. Sababi pulning o’zi hech narsani paydo qilmaydi, shu sababli istisodchilar unga iqtisodiy resurs sifatida qaramaydi. Ular firkicha, pul iste’mol tovarlari sotib olish uchungina kerak bo’ladigan bir vosita holos.
Tadbirkorlik qobiliyati. Inson mehnatidan farqli o’laroq boshqaruvchilik qobiliyati mahsus inson resurslariga kiradi. Boshqaruvchi quyidagilarni amalga oshiradi:
Boshqaruvchi xizmat turi va tovar ishlab chiqarishda yer resurslari, mehnat va kapitalni unumli foydalanadi. Boshqaruvchida boshqaruvchilik va yetakchilik qobiliyati bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarishda va boshqa resurs manbaalardan muvaffaqiyatli taqbirkorlik paydo qiladigan omilkor kishi hisoblanadi.
Vaholanki, yer, mehnat, kapital va boshqaruvchilik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma’lum turinini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo’lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab omillari yoki soda qilib aytganda xarajatlar deyish mumkin.7
Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklanishiga olib keladi.
Har bir xo‘jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o‘zining ana shunday imkoniyat chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin.
Masalan, har qanday yaxshi natijaga erishish uchun harakat qilingan taqdirda ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olib bo‘lmaydi. Insonlarning ham, resurlarning ham unumdorligi o‘z chegarasiga ega. Bu mavjud resurslardan ma’lum miqdor va turdagina mahsulotlarni ishlab chikarish mumkinligi anlatadi.



Download 183.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling