Bevosita moddiy manfaat bilan bog‘liq ehtiyojlarni qondirish va shaxsning o‘z o‘zini shakllantirish ehtiyojlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Jamiyat ehtiyojlarini alohida insonning ehtiyojlari kabi ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi - qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini (ta’lim, professional o‘sish, ilmiy, texnik va badiiy ijod, sport) oshirish bilan bog‘liq. Ikkinchisi, hordiq chiqarish yoki oddiy fiziologik lazzat olish (alkogol ichimliklar iste’mol qilish, turli xil xordiq chiqarish). Ushbu guruhdagi ehtiyojlar o‘rtasida keskin farq yo‘q, lekin servis tizimida tenglikning qandaydir varianti mavjud. Unga ko‘ra, insonning ijodiy va xordiq chiqarish ehtiyojlarini qondiradigan xizmatlar bog‘liqligi mavjud. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikning qanday hal etilishi konkret ijtimoiy tizim (davlat, hudud, xalq yoki ijtimoiy guruh) ga, iqtisodiyot rivojlanish darajasi, ma’naviy normalar va madaniy ananalarga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan servis tizimi faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ularni jamiyat bilan bog‘laydi. Ushbu qarama-qarshiliklarning mavjudligi va ularning har xil davrda kuchayishi, alohida insonlar va jamiyatning doimiy ravishda rivojlanayotgan ehtiyojlariga taaluqli ravishda servis tizimi faoliyatini doimo o‘zgartirib va takomillashtirib borishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |