Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari
Download 31.14 Kb.
|
Document1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy axborot
- Axborot jamiyati
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy zahiralar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt , jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Axborot jamiyatiga o‘tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Axborot jamiyati - ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir. Axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin: axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya’ni axborot mo‘l-ko‘lligi va axborot taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat yechildi; boshqa zahiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlandi; rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi; eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllandi; axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, umumiylik xususiyat kasb etmoqda; butun insoniyat sivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda; zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun sivilizatsiya axborot zahiralariga erkin kirishi amalga oshdi. Ijobiy tomonlardan tashqari, salbiy oqibatlar ham oldindan ko‘rilgan: ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi; axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib yuborishi; sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi; ko‘pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi. Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Download 31.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling