Zamonaviy korxonalar boshqarish tizimi sifatida


Download 0.75 Mb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1354942
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqishning tashkiliy texnalogik tayyorlash asoslari

Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqishning tashkiliy texnalogik tayyorlash asoslari

Boshqaruv vazifalarini amalga oshirish

  • Boshqaruv vazifalari - bu biror ob’ektga rahbarlik qilish uchun zarur bo’lgan faoliyat turi, deb tushuniladi.
  • Boshqaruv vazifalari o’zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bunyod etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikkita element kiradi: u avvalgi tizimida nima qilinayotganini belgilasa, so’ngra qanday qilib savoliga javob berishni bildiradi. Ilmiy menejmentning toifaviy to’plamida vazifalarga markaziy o’rin beriladi. Bu quyidagi 3.1-chizmada yaxshi namoyon bo’ladi.
  • Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida yaratilgan. Uning asoschisi frantsuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta etaklovchi qoidasini ajratib ko’rsatadi: oldindan ko’rish, tashkilot, buyruq berish faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha vazifalarni oltita guruhga taqsimladi: 1) ishlab chiqarish, 2) moliya, 3) nazorat, 4) hisob-kitob, 5) ma’muriyat, 6) texnika xavfsizligi.

Boshqaruv zamonaviy korxonalar faoliyatida ob’ektiv zaruriyat

  • Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko’rsatkichi sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati, mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi. Boshqaruvsiz tabiatni o’zgartirish, mehnat qurollari va predmetlarini yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirishga yo’naltirilgan faoliyat yuritishning iloji yo’q. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari o’rtasida kelishuvni yo’lga qo’yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va me’yorini tartibga soladi hamda resurslardan foydalanishning samarali yo’llarini topishga o’z hissasini qo’shadi. Boshqaruvning mohiyati va ob’ektiv zaruriyatini yanada osonroq va tezroq tushunish uchun adabiyotda mashhur bo’lgan misol - orkestr va dirijerga murojaat qilish lozim. Orkestr va dirijerning o’zaro aloqasini ilg’ab olish uchun musiqiy qobiliyat talab qilinmaydi. Kontsert tomoshalarida bo’lgan har bir kishi dirijerning sahnada paydo bo’lish chog’ini ko’rgan, albatta. Orkestr tomon o’girilgach, dirijer tayoqchasini ko’taradi va musiqachilar musiqa chalishni boshlaydilar.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling