Uzatish parametrlari; chastota va eng yuqori –eng past chastotalar farqi:
Uzatish sifati ikkita uzgaruvchiga bog’liq; chastota va chastotalar farqi. Bular xaqida oldingi mavzuda batafsil to’xtalgan edi.
Buralma juftli telefon
Simi 4000 HZ chastotada bir sekuntda bor yug’i bir kbayt malumotni uzata oladi.100 M HZ chastotali koaksial kabel shu vaqt ichida 10 M bayt. 200trilionHZ chastotali optik tolali kabel 1 G bayt malumotni uzata oladi.
Liniyalarning tuzilishi ; nuqtaga –nuqta va ko’p nuqtali .
Liniyalar tuzilishi , yoki aloqa liniyalari orqali uzatishning ikki turi mavjud; nuqtaga – nuqta va ko’p nuqtali .
-Nuqtaga- nuqta. Bu usulda malumot jo’natuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bevosita bir – biriga ulanadi. Masalan, terminal va markaziy kompyuter shunday ulanadi. Bu xususiy (aloxida foydalanuvchiga tegishli bo’lgan) malumotni saqlagan xolda bitta xususiy bo’lishi mumkin.
-Ko’p nuqtali. Bu yagona liniya bo’lib, bir nechta kommunikatsiya qurilmalarini bitta kompyuterga ulaydi. Bunaqa liniyada , ko’pincha bitta qurima, masalan , terminal , xoxlagan paytda malumotni uzata (qabul qila) oladi.
Ketma- ket va parallel ulash.
Malumot ikki xil usulda uzatiladi; ketma –ket va parallel signallar yig’indisi ko’rinishida .
-Malumotni ketma-ket uzatish . Bu usulda bitlar bitta-bitta biri ikkinchisidan keyin uzatiladi . Ketma –ket uzatish ko’pincha buralma jufil telefon liniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu usul ko’pgina liniyalarda, modemlar, sichqonchalarda xam qollaniladi. Kompyuterlarga ulanuvchi modem kartasi (platasi) odatda ketma-ket portga ulanadi .
-Malumotni parallel uzatish. Bunday uzatishda malumot qisimlarga ajratilib, bu qisimlar aloxida liniyalar orqali bir vaqtda uzatiladi.
Parallel liniyalarda ketma-ket linioyalarga nisbatan malumot ancha tez uzatiladi. Ammo bu usulda kabel uzunligi 15 FUT (5 metr ) gacha bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu uslubda malumot , masalan, protsessordan printerga uzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |