Zamonaviy maxfiylikni ta’minlash Rejasi


Download 1.51 Mb.
bet3/4
Sana24.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1115474
1   2   3   4
Bog'liq
105-20 guruh talabasi Sadikov Muzaffar (2)

Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‘z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‘tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‘lgan xavfli kanallarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. Ma’lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:

Axborot hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta tashkil etuvchini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq: 1) axborot; 2) texnik va dasturiy vositalar; 3) xizmat ko‘rsatuvchi personal va foydalanuvchilar. Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta’minlash hamda ularning konfedensialligini saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta’minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan ta’sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur.

Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar. Axborotni muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlar Me’yoriy-huquqiy hujjat tushunchasi. Ma’lumki, huquq – bu hukumat tomonidan turmushning ma’lum bir sohalariga, davlat organlari, tashkilotlari yoki aholiga nisbatan o‘rnatilgan yoki sanksiyalangan umummajburiy qoidalar va me’yorlar to‘plamidir. O‘zbekiston respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi «normativhuquqiy hujjatlar to‘g‘risida (yangi tahriri)»gi qonunining 3-moddasiga asosan «normativ-huquqiy hujjat ushbu qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir». .

ITSEC oq kitobda xavfsizlik kriteriyalarining quyidagi asosiy qismlari keltirilgan: 1. Axborot xavfsizligi. 2. Tizim xavfsizligi. 3. Mahsulot xavfsizligi. 4. Xavfsizlikka tahdid. 5. Xavfsizlik funksiyasi to‘plami. 6. Xavfsizlikning kafolatlanganligi. 7. Xavfsizlikning umumiy bahosi. 8. Xavfsizlik sinflari.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling