Zamonaviy maxfiylikni ta’minlash Rejasi


Download 1.51 Mb.
bet1/4
Sana24.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1115474
  1   2   3   4
Bog'liq
105-20 guruh talabasi Sadikov Muzaffar (2)

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali “Telekommunikatsiya va Kasbiy talim” fakulteti ” Axborot xavfsizligi” yo’nalishi 105-20 guruhi talabasi Sadikov Muzaffarning Kiberxavfsizlik asoslari fanidan Zamonaviy maxfiylikni ta’minlash mavzusidagi Mustaqil ishi : Bajargan: Sadikov M. Qabul qilgan: Babajanov E

Mavzu: Zamonaviy maxfiylikni ta’minlash

Rejasi:

  • Kirish Asosiy bo’lim:
  • Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari
  • Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar
  • Xulosa

Axborotlashgan jamiyat tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda. Hududiy joylashishidan qat’i nazar, kundalik hayotimizga turli xildagi axborotlar internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi.

Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.

Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunidaaxborot va uning turlari to‘g‘risida quyidagi ta’riflar keltirilgan: axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling