Zamonaviy menejer va uning kreativ ta’limi


Ta’lim guruhlarini shakllantirish


Download 176.97 Kb.
bet4/5
Sana28.10.2023
Hajmi176.97 Kb.
#1732578
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zamonaviy menejer va uning kreativ ta

Ta’lim guruhlarini shakllantirish – kreativ ta’limda muhim ahamiyatga egadir. Guruhning qanday tashkil etilishi, ijtimoiy-ruhiy izlanish muhitini yaratishga, ijodkorlikka, hamkorlikka, intellektual salohiyatning integratsiyasiga bog‘liqdir. O‘quv guruhi ijodiy jamoa bo‘lishi kerak.
O‘quv yuklamasi - tinglovchilarning va o‘qituvchilarning bilim berishiga yoki bilim olishiga yoki kasbiy shakllanishiga, ijodiy tafakkurni shakllantirishga, qaysikim, bilimni o‘z nuqtai-nazaridan o‘zlashtirishga, kelgusidagi rivojlanish istiqbollariga, kasbni anglashga, uning qadr-qimmatiga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.
Aynan ushbu kurslarni o‘zlashtirib olish tashabbusi, ularning muammolarga yuklanishini, o‘quv jarayonining muddatini, chuqurlashtirilgan bilimlarni amaliy o‘rganishga qiziqishini va ularning muammolarini tushunishning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijodiyot yo‘naltirilgan va bilimlarning sinovliliga qaratilishi kerak. Ularning hajmlarini emas, balki ularning to‘laqonliligini, tizimliligini, barqarorligini, chuqurlashtirilgan dastakliligi (foydalanish qobiliyati)ni baholash lozim. Nazorat shakllari turli xil bo‘lishi mumkin: yozma ishlar, testlar, suhbat ko‘rinishida, imtihon sinovlari, reyting balli tizim shaklida baholash va boshqalar.
Kreativ ta’limning muhim belgisi uning motivatsiyasi, ya’ni, moyillik uyg‘otish, qiziqtirish, undash, chorlashdir. Har bir ta’lim turi muayyan darajada motivatsion omillar bilan izohlanadi. Ular shunday bo‘lishi mumkin: mutaxassislik diplomi bilan tasdiqlangan maqom, aqliy rivojlanish ehtiyoji, yakka shaxsga tegishli bo‘lgan qobiliyatlarni amalga oshirish, mutaxassislar bilan boyitilgan muloqot, zamonaviy kasbiy faoliyatda bilim va ko‘nikmalar (tilni bilish, kompyuter bilimi va hokazo), kasbiy ambitsiyalar, ta’limda “ochiq tashnalik”, “rusum” kabilarni qamrab oladi.
Bu omillar birgalikda harakat qiladi. Ammo, bir tomondan, haqiqiy hayotda haqiqiy inson doimo biror narsa beradiki, bu omillardan biri ustuvorligi jihati bilan yetakchi o‘rinda turadi.
Ta’lim jarayonida omillar harakatini unga undash, qiziqtirish yo‘li bilan bunga asoslangan holda kreativ ta’lim mazmuniga va mazmuniga mos keladigan qilib boshqarish kerak. Masalan, ta’lim jarayonini fakultativ tarzda, ya’ni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri darslar tashkil etish yo‘li bilan emas, balki, tadbirlar, ixtiyoriy topshiriqlarni bajarish, va kasbiy fikrlashning turi, daliliylik bo‘yicha baholash, va rag‘batlantirishni xulosalarning noto‘g‘riligi uchun emas, aksincha, ularning amaliy samaradorligi uchun tashkil etish mumkin.
Kreativ ta’lim zamonaviy menejerni sifatli tayyorlashning muhim sharti va mezoni bo‘lib hisoblanadi.
Menejerlarning zamonaviy ta’lim olishiga yo‘naltirilgan an’anaviy yoki innovatsiyaga asoslangan ta’limning bir nechta qoidalarini taqdim etish mumkin:

  1. Qaysi biri yaxshiroq: ozgina narsalar yoki hamma narsa haqida ozgina. Bu ta’limning bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil variantlari sifatida ko‘pgina hollarda ko‘rib chiqiladi. Albatta, bugungi kunda ham, hech kim ham yetarlicha yetuk bo‘lishi mumkin emas: birinchisi yuzaki, ikkinchisi tor doirada ixtisoslashtirilgan. Qidirilishi va topilishi mumkin bo‘lgan muqobil variant mavjud.

  2. Faoliyat sohasidagi eng asosiy narsa aslida faqat asosiy narsa hisoblanadi. Bu keng ko‘lamli sohada o‘rnatilgan maxsus ta’limning formulasidir.

  3. Ta’lim muayyan faoliyat turini hozirlash uchun emas, balki muayyan sinf muammolarini aniqlash uchun zaruriy tafakkurning shakllanishi uchun kerak. Zamonaviy ta’lim shunday bo‘lishi kerakki, unda eng muhimlari - bu bilim turi, ta’lim texnologiyasi va uslubiyati, sifatni monitoring qilish, hamkorlik pedagogikasi, ta’lim jarayonida o‘zini-o‘zi tahlil qilish asosida baholab borishdir.

  4. Ta’lim birqancha bilimga ega bo‘lish emas, birmuncha qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Bilim o‘lchovi - tushunishda va o‘zining qobiliyatlarining bardavomligini rivojlantirish darajasidadir. Bilim uchun chegara yo‘q, ulardan foydalanish imkoniyatlari uchun esa cheklovlar mavjud, o’z navbatida ular inson bilimi va qobiliyatlarining tarkibi bilan aniqlanadi.

  5. Insonning qobiliyatlari ichida eng qadrlisi bu uning ijodkorlik qobiliyati hisoblanadi. Kreativ ta’lim bu qobiliyatga asos soladi va uni rivojlantiradi.


Download 176.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling