Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 98 Bizning nazarimizda, navbatdagi omil – yoshlarni tarbiyalash va oilaga tayyorlash hisoblanadi. Zamonaviy va mustahkam oilalarni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri bu yoshlarni hayotga tayyorlashda ularda nikoh hamda oilaviy hayot, shuningdek, ikki jins o‘rtasidagi munosabatlar mohiyati borasida to‘g‘ri tushunchalar hosil bo‘lishiga yordam berish lozim, bu esa ularni nikoh hamda oilaviy hayotni tashkil etish jarayoniga psixologik jihatdan tayyorlaydi, yoshlarda nikohga kirishish hamda oilaviy hayotni tashkil etish borasida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab jarayon sanalib, mazkur jarayonning samarali tashkil etilishi bu boradagi muayyan kamchilik va muammolarning bartaraf etilishi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda esa zamonaviy oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash masalasida bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: birinchidan, ota-onalarning oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining mohiyati xususida to‘la ma’lumotga ega emasliklari; ikkinchidan, ota-onalarning o‘z farzandlari bilan ma’lum masalalarda ochiq oydin muloqotda bo‘la olmasliklari; uchinchidan, ota-onalar tomonidan yoshlarni oilada mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash uchun nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish imkonini beruvchi manbalarning yetarli darajada mavjud emasligi; to‘rtinchidan, kelin va kuyov munosabatlarining mazmunini ularga anglatish vazifasini qizning yanga (kelin oyi)lari, yigitning oshnalari zimmasiga yuklash an’analarining mavjudligi ota-onalarda oila sharoitida yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining mohiyatini to‘la tushunmasliklariga sabab ekanligini inkor eta olmaymiz. Buning uchun esa oila quruvchi yoshlar quyidagi tavsiyalarga alohida e’tiborlarini qaratsalar, maqsadga muvofiq bo‘lar edi: Birinchidan, yoshlar oila qurishdan oldin har bir millatning o‘ziga xos milliy mentaliteti va turmush tarzi o‘rtasida ichki aloqadorlik mavjudligini yaxshi o‘rganishlari lozim. Chunki ayrim turli millat vakillarining faqatgina sevgi-muhabbat asosida oila qurishlari keyinchalik oilaning barbod bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, oilada ota-ona farzandiga milliy turmush tarzini chuqur singdirishi, ularni oila qurishga tayyorligiga ishonch hosil qilib to‘y qilishlari lozim. Vaholangki, ayrim oilalarda moddiylik birinchi o‘ringa chiqishi yangi oilalarning kelishmovchiliklar asosida ajralishiga olib keladi. Uchinchidan, yoshlarni jismonan va ruhan, ya’ni har tomonlama, sog‘lom qilib voyaga yetkazish kerak. Chunki oilaning ma’naviy asoslarini sog‘lomlashtirishda ko‘proq yoshi kattalarning nasihatlari va qonunlarga amal qilish mexanizmlari joylarda to‘liq joriy etilmayapti. To‘rtinchidan, farzandlarning ongiga yoshligidan boshlab estetik va axloqiy tarbiya berishda xalqning urf-odatlari, an’analari, kishilarning fikrlash tarzini singdirish kerak. Beshinchidan, O‘zbekistonning bugungi globallashuv jarayonlarida geosiyosiy mavqeyidan kelib chiqib, farzandlarni xorijiy davlatlar fuqarolari bilan turmush qurishidagi aloqalarni ham chuqur mushohada qilish, farzandning baxti farovon bo‘lishi omillarini o‘ylash lozim. Oltinchidan, davlatimiz tomonidan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan joylarda doimiy ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish kerak. Yoshlarni oila va oila munosabatlariga tayyorlab borish, ota-ona, jamiyatning asosiy vazifalaridan biridir. Bolalik davridan o‘smirlik davriga o‘tgunga qadar axloqiy va sotsial qadriyatlar bilan bola tarbiya qilib bormog‘i lozim. Mana shu o‘tish davrida bola shaxs sifatida takomillashib boradi, bola o‘tish davri boshlanganda o‘zini balog‘atga yetganligini sezmasdan, balki oilada bolalik davrida asta-sekin balog‘atga yetilishini sezib boradi. Jinsiy tarbiyaga alohida e’tibor berish milliy maktablar, o‘zbek oilalari uchun dolzarb masalalardandir. Binobarin, yosh avlodni axloqiy, jismoniy, estetik va ma’naviy jihatdan voyaga yetkazishda jinsiy tarbiya katta ahamiyatga ega. Biroq, bu sohada samara beradigan barcha tarbiyaviy norma va tadbirlarni ishga solmasdan turib mavaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. O‘spirinlik davrida yuzaga keladigan his-tuyg‘ularni to‘g‘ri idora etish, sevgi, muhabbat, rashk munosabatlarining naqadar nozik bo‘lishi, bo‘lajak oilaning baxti uchun g‘amxo‘rlik qilish haqidagi tushunchalarni ular ongiga singdirish, yaxshi natija beradi, deb o‘ylaymiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling