Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
105
zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday 
bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-
e’tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan 
saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo‘ladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya beraylikki, ular o‘z ajdodlariga, o‘z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, 
diniga va an’analariga sodiq bo‘lib kamol topishsin.
* * *
Safoyeva Ra’no, 
“Mahalla va oila” 
ilmiy-tadqiqot instituti
YOSHLAR TARBIYASIDA OILAVIY BURCH VA MUHITNING O‘RNI
Annotatsiya. Mazkur maqolada farzandlar tarbiyasida oilaviy burch va yoshlar xulqidagi ma’naviy 
muhitning o‘rni.
Tayanch tushunchalar: oila, oilaviy burch, ma’naviy muhit, ta’lim-tarbiya, axloq, odob.
Аннотация. В статье рассматривается роль семейных обязанностей и духовной среды в 
воспитании молодежи.
Ключевые слова: семья, семейная обязанность, духовная среда, воспитание, этика.
Annotation. The article discusses the role of family responsibilities and the spiritual environment in 
the upbringing of young people.
Keywords: family, family responsibilities, spiritual environment, ethics.
Sharq xalqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, insofli bo‘lish, rostgo‘ylik, 
xushmuomalalik, mehmondo‘stlik kishining odob-axloqini ko‘rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib 
keladi. Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to‘liq namoyon bo‘lgan taqdirdagina u ma’naviy barkamol shaxs 
hisoblanadi. Demakki, u jamiyat oldidagi, kishilar oldidagi insoniylik burchini ado etgan hisoblanadi. 
Burch muhim axloqiy-ma’naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona 
oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish 
demakdir.
Burch – ado etilishi majburiy bo‘lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin 
bo‘lgan axloqiy qoidalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand oldidagi, jamiyat oldidagi burchi, 
farzandning ota-ona oldidagi burchi, insoniyatning o‘tmish merosini asrash va kelgusi avlodlarga еtkazish 
burchi, millat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchi, tabiatni asrash burchi, vatan oldidagi burch majburiy 
vazifalardir.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari “Qobusnoma”da zikr etilishicha, “...farzandga yaxshi ot qo‘yish, 
farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to‘y-tomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan 
iboratdir”.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har 
tomonlama yеtuk farzandni tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni 
so‘zsiz ado etish farzandning ota-ona oldidagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro‘si, 
qadr-qimmatini ko‘tarishi lozim.
Farzand, ayniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bekam-u ko‘st bajarishga majbur. Uning ko‘nglini 
og‘ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz “Ota qarg‘ishi o‘q” deb bejiz 
aytmagan.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling