Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 101 bo‘lmoq, ilm-bilimni chuqur egallamoq, olamni balo-fitna, g‘iybatlardan saqlamoq, kishilar mushkulini oson qilmoq lozim” – deganlar. Ilm ikkiga bo‘linadi badan va qalb salomatligi. Imom al-G‘azzoliy qalb salomatligini quyidagicha izohlaydi: “Qalb deganda bizga ko‘rinadigan bir parcha go‘shtni nazarda tutayotganim yo‘q. Balki u hissiy a’zolar bilan idrok qilib bo‘lmaydigan ilohiy sirlardan bir sirning, yashirin ne’matlardan bir ne’matning nomidir. Gohida u “ruh”, gohida esa “nafsi mutmainna” (xotirjam nafs), deyiladi. Shariat uni “qalb” deb nomlaydi, chunki u o‘sha ilohiy sirning ulovidir. Uning vositasi ila butun badan o‘sha latofatga bir bosqich vazifani o‘taydi. Bu sirning vazifasi faqatgina mukoshafa ilmi bilan ochiladi. “Qalb qimmatbaho javhar, butun ko‘z oldimizda namoyon narsalar orasida eng aziz va sharafli durdir. Va u ilohiy ishdir. Ruhning nisbati inson jasadidagi boshqa a’zolardan ko‘ra sharafliroq. Allohning omonati yuklangan qimmatbaho javhar mana shu ruhdir”. Buyuk alloma Abu Nasr Farobiy (873-950) aql va tafakkur yordami bilan bilim olishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. “Forobiy ta’limotida o‘z zamonasidagi fozil, ideal jamoa, axloq, ma’rifat, aql-idrok, ishonch, hamma uchun baxt-saodat tantana qilgan sog‘lom jamiyat haqidagi orzu-istak va intilishlarning nazariy ifodasi edi”. “Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir. U o‘z ruhining g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin. Forobiy fozil shaharda baxt-saodatga erishishni istagan har bir inson fozillikka intilib yashashi darkor”, deb hisoblagan. “Inson birdamlik, yakdillik, adolat va haqiqatgo‘ylik xushmuomalalik, ezgu niyatlar orqaligina baxt-u saodatga erishadi”. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) dunyoda insonning tutgan o‘rni, istiqboli masalasiga katta e’tibor bilan qarab, ongli hayotiy faoliyat odamni hayvonning ongsiz hayotiy faoliyatidan farqlantiradigan muhim jihatlaridan biri ekanligini uqtiradi. Uning “Mineralogiya” asarida: “Odamda tafakkur qudrati bo‘lmaganda edi, uning ahvoli hayvonlar holatidan ham tubanroq bo‘lgan bo‘lardi, chunki odam kuch jihatidan hayvonlardan zaif, kuchli tabiiy himoya vositalaridan mahrumdir”, – deb yozadi. Beruniy ta’limotiga ko‘ra, tabiatni bilish jarayoni sezgilardan boshlanib tafakkurga ko‘tariladi, ma’lum narsalardan noma’lum narsalarga va hodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi. Bilish jarayonida hissiy bilish sezgi, idrok, xotira kabilarga Beruniy katta e’tibor beradi va ularsiz tabiat hodisalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Binobarin, “Jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish darajasi kishilar ongining o‘sishi, uning tafakkur madaniyati yetukligi bilan uzviy bog‘liqdir. Beruniy ijtimoiy adolat va yaxshi fazilatlar haqida gapirib, rostguylik, ya’ni haqiqatgo‘ylikning adolat bilan uyg‘unligi, bilim va ma’rifat egasi bo‘lish, ijodiy mehnat va yaxshilik insonlarni kamolotga, birdamlik va adolatli bo‘lishga yetaklaydi”, deb ta’kidlagan. Umar Xayyom o‘z ijtimoiy va axloqiy qarashlarida shaxsiy baxtni jamoa baxti bilan bog‘lab, uning asosini adolat, insonparvarlik, hurfikrlilik, insoniy burch tashkil egishini, shundagina hayotning baxtli damlariga erishish mumkinligini yozgandi. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining axloq haqidagi risolasida yozishicha, ijtimoiy adolat inson xatti-harakatlarining eng muhim bezagidir. Adolat – ruhiy lazzatning bosh o‘lchovi. Adolat odamga xos sabr, jasurlik, donolik kabi xislatlar orqali namoyon bo‘ladi. Bu fazilatlarga ega inson, vijdon amri bilan o‘zini yomon xulq-odob, munosabatlardan saqlaydi. Ezgulik, ruhiy poklik, yaxshilikni o‘zida mujassam etishga harakat qiladi. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari, ruhiy poklanish, adolat haqidagi g‘oyalari uning ijtimoiy va ma’naviy-tarbiyaviy qarashlaridan kelib chiqadi. Amir Temur (1336-1405) “Har kimdan kengash oldim. Har kimdan fikr o‘rgandim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim”, – deya ta’kidlagan. Amir Temurning ushbu fikrlaridan ma’lum bo‘ladiki, har bir jamiyat a’zosi fikr-mulohaza yuritib, o‘zaro fikr almashib, jamiyatni takomillashtirishi mumkinligini tushunish mumkin. “Barcha ishlarimni to‘qqiz ulushin kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushin esa qilich bilan bajo keltirdim”, – deydi va “Men hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo‘ydim va hamishalig‘ ularga amal qildim. Ular ushbulardir: Alloh – ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang istagan murod-u maqsudingga yetkazadi. Tafakkur – fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvayi hafizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulodni oson qilish yo‘lini topa oladi. Qilich – ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mavh etish quroli, aning qudrati ila |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling