Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
102
dinsizlarni dinga solmoq mumkin. Imon – ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir. 
Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, el-u xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va 
poklikni fazilat biladi. Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, 
hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”, – deb ta’kidlaydi. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) ta’biri bilan aytganda, dunyoda insondan ulug‘roq 
kamolot yo‘q, chunki unga “bebaho marvarid” – aql-zakovat, tafakkur ne’mati, kuchi hadya etilganki, unda 
“sir-asrorlarni va yuksak cho‘qqilarni bilish qobiliyati bo‘lib, uning ko‘magida inson ulug‘ zafarlarni bajo 
keltiradi. Inson o‘zining tafakkur quvvati, dahosi, mehnati bilan tabiat va jamiyatni o‘z ehtiyojlari yo‘lida 
o‘zgartiradi”. 
Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini “Axloqi Muxsiniy” kitobida 
bayon etadi. Uning ta’kidlashicha, sog‘lom fikr, vijdonlilik, adolatlilik, axloqiy kamolot, insonparvarlik 
insonni nazorat qiluvchi tuyg‘udir. Vijdonsizlik tufayli inson dunyoda bo‘lgan hamma yomonlikni qilishga 
tayyordir. Buning oldini olish uchun bolaga yaxshi tarbiya berish, unda yaxshi sifatlarni o‘stirish, mustaqil 
va sog‘lom fikrlash qobiliyatini o‘stirish masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bola to‘g‘ri so‘zli, va’daga 
vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbiyalanishi kerak. Koshifiy til va fikr odobi haqida so‘zlar ekan, yaxshi fikrni 
ifodalashni, yomon gapni aytmaslikni, g‘iybat va bo‘xton qilishdan saqlanishni maslahat beradi.
Muhammadrizo Ogahiy (1809-1874) fikricha til va fikrlash insonni boshqa mavjudotlardan farq qilib 
turadigan asosiy belgidir, fikr va til “takallum” qilishga “fasohat va nafosatga”, “ko‘ngil mahzanidan javohir 
sochish” uchun berilgandir. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, tabiat go‘zalligi inson tafakkuri, ma’naviy 
dunyosi rivojida g‘oyat muhimdir. Olim fikricha, tafakkurning rivoji narsa va hodisalarni chuqur va har 
tomonlama bilish imkonini beradi. Aqlli inson narsa va hodisalarning tub mohiyatiga yetadi, ularni to‘g‘ri 
baholab, aniq xulosa chiqara oladi. 
Ma’rifatparvar Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida inson 
tafakkurining amaliy va hayotiy ahamiyatini bayon etib, shunday yozadi: “Ilm inson uchun g‘oyat oliy va 
muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni
fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayirib berur. 
To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas’ud bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Ilmsiz inson mevasiz 
daraxt kabidur”. 
Abdurauf Fitrat (1886-1938) fikriga ko‘ra, “Fikr bilan aql insonni kamolotga yetkazuvchi omil bo‘lib, 
o‘qish, ta’lim olish, o‘rganish shaxsni saodatga yetkazadi”. Olim yoshlar ma’naviyati, ularning kelajagi 
haqida qayg‘urib, ularni ham ma’naviy ham jismoniy sog‘lom, ilm-fan sohibi qilib kamol toptirish xususida 
ilg‘or fikrlar bildirgan. Fitrat yoshlarni o‘z vatandoshlarini aziz Vatanini sevishga, uni asrashga chorlab, 
shu Vatan hamda millat saodati, baxti, ravnaqi uchun fidoyilik ko‘rsatishga, sog‘lom fikrlashga, jasoratli 
bo‘lishga da’vat etgan. 
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, inson tafakkurini va ularning insonparvarlik qadriyatlariga 
munosabatini tubdan o‘zgartirish uchun ularda sanogen tafakkurni rivojlantirish muhim ijtimoiy-psixologik 
vazifa sifatida o‘rganilishini taqoza etadi. Binobarin, insonning sog‘lom tafakkuri, mustahkam iroda va 
e’tiqodi, halollik va adolat bilan hayot kechirishi, inson va ijtimoiy hayotga xos barcha xislat, fazilat, 
xususiyatlarga ega bo‘lish, unga amal qilish kabi ma’naviy boylik majmuyi bo‘lib hisoblanadi. 
* * *



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling