Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
109
Jamiyatda sog‘lom hayot, sog‘lom turmush estetikasini qaror toptirish, obod hayotni barpo etishda 
ta’lim va tarbiyaning rolini oshirish, mahallaning mavqeyini yanada kuchaytirish bugungi islohotlarimizning 
bosh maqsadiga aylangan. Bu esa, o‘z navbatida, oiladagi sog‘lom turmush tarzini jahondagi mavjud 
oilalardan farqli jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi. “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi islohotlar 
oilada sog‘lom va obod turmush tarzini shakllantirishning obyektiv va subyektiv omillari sifatida” jamiyatda 
sog‘lom turmush tarzi murakkab, ziddiyatli estetik hayotiy jarayon sifatida shakllanib, rivojlanib borishi va 
o‘zida ham. subyektiv, ham obyektiv omillar uyg‘unligini ifoda etishi haqida munosabat mavjud Ijtimoiy-
madaniy shart-sharoit inson hayoti va faoliyati kechadigan obyektiv makondir. Inson va estetik muhit, 
inson va olam mavzusi azaliy muammodir. Inson tug‘ilib, o‘zining tor muhitidan tashqari chiqolmay o‘tib 
ketishi ham mumkin. Lekin bunda uning chinakam insoniyligi namoyon bo‘lmaydi. Insonning sog‘lomligi 
nafaqat tibbiy, ijtimoiy va biologik, shu bilan birga, eng avvalo, sotsial xususiyati hisoblanadi va nihoyat 
u yuzaga kelgan ijtimoiy jarayonlar bilan uning ko‘rinishi va xarakteri, tabiiy, ijtimoiy omillar asosida 
yuzaga chiqariladi. Falsafiy adabiyotlarda sog‘lomlikni belgilashda bir necha xil yondashuvlar mavjudligini 
ta’kidlashimiz mumkin. “Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning axloqiy-estetik omillari” muhim 
tushunchalar, xususan, “g‘ayrat”, “shijoat”, “fidoyilik”, “mehnatsevarlik” kabi mohiyati jihatdan bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq insoniy fazilatlarga asosiy e’tibor qaratish mumkin. Darhaqiqat, mana shu to‘rtta 
tushuncha: “g‘ayrat”, “shijoat”, “fidoyilik”, “mehnatsevarlik” asosida gavdalanadigan insoniy faoliyat 
ulkan ijtimoiy-ma’naviy o‘zgartiruvchanlik qudratiga egadir. Tabiiyki, bu ijobiy xislatlarni bir-biri bilan 
bog‘lab, ularni amalga oshirishga safarbar qiladigan asosiy ma’naviy omil bu – inson ongi tushunchasi, ya’ni 
dunyoqarashi va tafakkuridir. Zamonaviy oilalarda yoshlarni ekologik va umuminsoniy qadriyatlar vositasida 
tarbiyalashning muhim omillari oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda ham, erkin, ijodiy tafakkur 
tarzini shakllantirishda ham hal qiluvchi omillarga qaratilgan. Ana shulardan biri inson ehtiyojidir. Ehtiyojlar 
moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ko‘rinishlarga ega. Biz faqat moddiy ehtiyojlar bilan sog‘lom turmush tarzini 
o‘zgartirish degan fikrlarga qo‘shilmaymiz. Chunki faqat moddiy ehtiyojlar sog‘lom turmush tarziga ham 
ijodiy bunyodkorlik, ham dag‘al vayronkorlik kiritish xususiyatiga egadir. Shuning uchun oilada sog‘lom 
turmush tarzini qaror toptirishda insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari muhim o‘rin tutadi.
Xulosa qilib, har qanday insonning olamda alohida yashashi sodda bo‘lib ko‘rinsada, aslida uning tana 
va psixik tuzilishi, hayot tarzining evolyutsiyasidan tortib to uning xulq-odobi nihoyatda uzoq muddatli 
va murakkabligini kuzatish mumkin. Ayni shu ma’noda, hozirgi vaqtda insonning hayotiy evolyutsiya 
bilan bir qatorda uning axloqiy madaniyatini hisobga olmaydigan inson haqidagi ta’limotni ko‘rsatish 
qiyin. Axloqiy madaniyat strukturasi xususida gapirishdan oldin etika fanining axloq, axloqiy madaniyat 
kategoriyalariga ta’rif bersak. Axloqiy madaniyat – insonning axloq qonunlarini, qoidalarini, me’yorlarini, 
fazilatlarini bilishi, egallashi va ularga boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarda rioya etish darajasi. 
Axloqiy madaniyatni amaliy axloq deyish mumkin. Oilada shakllangan o‘ziga xos axloqiy madaniyat unda 
muayyan milliy qadriyatlar tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, xalqimiz juda 
qadim zamonlardanoq oilani muqaddas hisoblab kelgan. Oilaviy munosabatlarga asos bo‘lgan odob-axloq 
me’yorlari hozirgi diniy me’yorlar kelib chiqmasidan oldinroq shakllangan. Oilaviy tarbiya hozir mavjud 
bo‘lgan axloqiy qarashlarning amaliy jihatdan namoyon bo‘lishi hamdir. Oiladagi axloqiy madaniyat er va 
xotin o‘rtasidagi munosabatnigina ifodalab qolmasdan, balki bolalar uchun ham ular yetuk inson sifatida 
shakllanishining muhim ma’naviy omillaridan hisoblanadi. Binobarin, ma’naviy boy, axloqan pok va jismonan 
sog‘lom farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish aynan oilada axloqiy madaniyatni qaror toptirish orqali 
amalga oshiriladi. Yuksak axloqiy madaniyatga egalik kishida ezgulik, yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik, 
sadoqat, mardlik kabi insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi.
Ayni chog‘da ekologik muammolarni hal etishda tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, 
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini izchil olib borish yoki sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish 
borasidagi sa’y-harakatlar ularni hal etishda yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Aholining ekologik madaniyatini 
yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-
avaylash hissini shakllantirish antropogen ta’sirlarning oldini olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik 
ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ham nihoyatda yuqori. Zero, ekologik ta’lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi 
uzviylikni ta’minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir. 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling