Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Ключевые слова: этикет, обычаи, интеллектуальная молодёжь, интеллект, восприятие.
Annotation. The article provides information on the need to influence the human psyche through family 
relations, the need to ensure the balance of morality, customs, intelligence and intelligence in young people. 
The psychological foundations of teaching young people family relations are scientifically highlighted.
Keywords: еtiquette, customs, intellectual youth, intellect, perception.
Yoshlarimizning aksariyat qismi davr ruhini to‘g‘ri his etmoqda. Hozirgi zamon intellektual yoshlar 
asridir. Yigit-qizlardagi yangi g‘oyalar, texnika, texnologiyani egallashga bo‘lgan intilish, ularni yaratish 
yo‘lidagi harakatlar ko‘nglimizni to‘ldirmoqda. Ayni paytda, yoshlarda aql va farosatning mutanosibligini 
ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj jamiyat barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida baholanishi mumkin. 
Shuningdek, yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikning ortib borayotgani, ijtimoiy mo‘ljal fenomeniga bo‘lgan 
intilishning kuchayishi, jamiyatdagi ayrim salbiy nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar mamlakat 
va millat taraqqiyotining omili sifatida tan olinmoqda.
“Turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib 
yetmaslik holatlari ham, afsuski, uchrab turibdi. Yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar 
ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan 
chetda qolmoqda.” Sh.Mirziyoyev.


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
111
Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur bo‘lgan 
omillar, chunonchi, oila xo‘jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, 
iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va hokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala, aloqa aralashuvi 
uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish 
layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. 
Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Mamlakatimizning jahon miqyosida tutgan o‘rni, 
uning iqtisodiy va intellektual salohiyati, fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi xalqimizning 
turmush darajasi bilan belgilanadi. Xalq turmush darajasining asosiy negizi esa oiladir. Oila inson deb 
ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha 
javobgardir. Ota-ona san’atkor, bola san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir.
Ma’naviy boy va axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, chuqur bilimli, jismonan baquvvat, har 
tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo, sog‘lom turmush tarzi qaror topgan oilada shakllanadi.
Oilaning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi mavqeyi shu oila tarbiyachisi – ayol bilan belgilanadi. Zero, yangi 
avlod tarbiyachisi sanalgan ayol uning ongi, tafakkuri oilada shakllanib, milliy mafkuraning ilk tushunchalari 
ham ulg‘ayib voyaga yetgan oilada tarkib topadi. Shuni nazarda tutgan holda, oilada onaning ma’naviy-ruhiy 
odobi, namunali xulq-atvori, yaxshi tarbiya ko‘rganliklari, bolaga tarbiya berishdagi tajriba va talabchanliklari 
bolalarning yoshligidanoq baodob bo‘lib o‘sishida muhim o‘rin tutadi. Bunda ayniqsa, onaning roli va vazifasi 
juda muhim. O‘z bolasi oldida uning kelajagi uchun bevosita mas’uliyatini, javobgarligini ham aqlan, ham 
ruhan his yetishi lozim. Ona eng avvalo bola tarbiyasi bilan bog‘liq bilimlarni egallagan bo‘lishi, sabr-toqatli, 
saranjom-sarishta, ilmli, farosatli va fidoyi qalb fazilatlarga ega bo‘lishi zarur. Ona o‘z mehrini, qalb-qo‘rini 
to‘g‘ri singdira olsagina bolaning kelajakda komil inson bo‘lib tarbiya topishiga imkon yaratiladi. Ba’zan 
onalarning e’tiborsizligi, farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera olmaslik tarbiyada nuqsonlarni keltirib chiqaradi. 
Bu xususda Rizouddin Ibn Faxruddinning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir: “Bolalarga tarbiya bera 
olmagan xotindan foyda o‘rniga ulug‘ zararlar ko‘rilur. Zero, bunday xotinlar xalq orasida vabo urug‘laridan 
zararli bo‘lgan insonlar yetishtirur”. 
Haqiqatan ham, bunday onalar xalq uchun, jamiyat uchun zararli bo‘lgan insonlarning yetishib chiqishiga 
sababchi bo‘ladilar. Bunday oilalarda tarbiya topgan farzandlar kelajakda oilasiga, mahallasiga, jamiyatga 
moddiy va manaviy ziyon yetkazadi va ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bularning oldini 
olish uchun esa onalarning bola tarbiyasidagi tarbiyaviy imkoniyatlarini o‘stirish va yanada takomillashtirish 
hamda pedagogik bilimlarni singdirish lozim.
O‘zbek oilasida ayol oqilaligi, donoligi, er bilan munosabatda bosiqligi, nazokati, tadbirkorligi, 
shirinso‘zligi, ziyrakligi, keskin vaziyatni anglab, ixtiloflarning oldini ola bilishi, tejamkorligi, bolajonligi 
bilan qadrlanadi. Oilada muhitni ko‘pincha ayol belgilaydi. Tadbirkor, nazokatli ayol johil erni ham 
to‘g‘ri yo‘lga solib ro‘zg‘orga fayz-u baraka, osoyishta muhit, pokizalik baxsh yetadi. Er oilani iqtisodiy 
ta’minlashdan tortib, barcha og‘ir yumushlarni bo‘yniga olar ekan, xotin zimmasiga ovqat pishirishdan 
tortib, bola parvarishigacha bo‘lgan juda nozik did talab qiladigan ishlar tushadi va bajarishni o‘z burchi 
deb biladi. O‘zbek oilalarida er-xotin orasidagi bunday munosabat ortiqcha shov-shuvsiz, tabiy ravishda 
amalga oshiriladi.
O‘zbek xalqida qiz bolani go‘zal axloqli qilib tarbiyalash oilaning muhim vazifasi hisoblangan va bu 
an’ana sifatida avloddan avlodga o‘tib kelgan. Qiz bola yoki xotin tomonidan qilingan noo‘rin harakat nafaqat 
oila a’zolari, balki jamoa tomonidan ham qoralangan. Maishiy turmushga oid an’analar juda tor ma’noga 
ega bo‘lib ko‘rinsa-da, xalqning milliy xarakteri, madaniyat darajasi, turmush sharoitlariga jiddiy ta’sir etishi 
mumkin. Shuningdek, kiyinish madaniyati va pazandachilikka xos bo‘lgan an’analar, turli marosimlar, to‘y-
hashamlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar ham shunday ta’sirchandir. Zotan, bu an’analar oilada farzandlarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim vosita sifatida xizmat qilib keladi. Ayniqsa, insonparvarlik an’anasi 
o‘ziga xos mavqe va fazilat kasb etib, o‘zbekona, sharqona tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, bu ota-onasiz 
yetim bolalarni asrab olish, ularga oliy insoniylik g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ota-onalik mehr-u muhabbati bilan 
parvarish qilib, kasal va xastalarni borib ko‘rish, ko‘ngli o‘ksik yetimlarga g‘amxo‘rlik qilish, azador oilalarga 
ta’ziya bildirish kabilarda ko‘rinadi. Bunday o‘ziga xoslikni boshqa xalqlarda uchratish qiyin. Zero, bunday 
xususiyatlar bolalar tarbiyasiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling