Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
112
Qadimda ham ota-ona oldida o‘z farzandlarini har tomonlama tarbiyalash vazifasi turgan. Ayniqsa, oilada 
qiz bola tarbiyasiga e’tiborliroq bo‘lishga to‘g‘ri kelgan. O‘sha davrda ham oilada qizlar tarbiyasi uchun eng 
kerakligi pazandalik, saranjom-sarishtalik, bichish-tikishni bilishlik, mehmon kuzatish va muomala qilishni 
bilishdan iborat bo‘lgan. Qizlarning bu boradagi tarbiyasida ona namunasidan yaxshirog‘i bo‘lmagan.
Mana shunday tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalardan birida bo‘yiga yetgan qizini turmushga berishdan 
avval onasi quyidagi nasihatlarni beradi: “Ey mening jigarporam, suyukli qizim, ko‘zimning nuri, bolajonim. 
Senga shularni aytaman. Sen ul zotga (eringga) shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin. Sen unga 
yer bo‘lginki, u senga osmon bo‘lsin. Endi senga ba’zi bir mezonlarni aytib o‘tamanki, ularga yaxshi e’tibor 
bergin, ular yodingdan ko‘tarilmasin, ulardan doimo foydalangin. Bu aytganlarimga amal qilsang, ering 
bilan go‘zal hayot kechirasizlar. Ma’sud, baxtiyor va saodatli turmush ko‘rasizlar. Aks holda har ikkala 
oilada huzur-halovat bo‘lmaydi. Sen o‘zing bir jahannamda yashaganday bo‘lasan”, – deb o‘zining o‘n 
o‘gitini qiziga aytadi: “Qanoat sohibasi bo‘l. Unga itoat qil. Ering ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor 
ber. Uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Ust-boshini toza tut. Ovqatini vaqtida tayyorla. Uyqu 
vaqtini, uyg‘onish vaqtini yaxshi bilib ol. Eringning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l. Ering yaqinlariga 
va qarindoshlariga hurmatda bo‘l. Ering sirini boshqalarga aytma. Ering diliga to‘g‘ri keladigan barcha 
buyruqlarni ado qil”. Bu jihatdan ko‘rinib turibdiki, o‘tmishda onalar o‘z qizlarini kelajakdagi hayotlarini 
sermazmun qilib, barchaga ibrat bo‘ladigan, oila qurishga, iffat va hayo sohibasi bo‘lishga o‘rgatganlar. 
Shuning bilan birgalikda o‘zlari ham bevosita o‘z turmushlarida ushbu qoidalarga amal qilib, oilalarining 
jannatmakon bo‘lishini ta’minlaganlar. Bugun ham bu hikmat o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q, har bir ayol bunga 
amal qilishni o‘z oldiga maqsad qilishi lozim.
Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko‘pchiligi yuzaga keladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik
 bilan 
yengib, kelinlik vazifalarini ko‘ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro‘zg‘or tashvishlaridan xalos 
qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor bo‘ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni “qizim” deb bag‘irlariga 
oladilar, bilmaganini o‘rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Ularga 
uy-ro‘zg‘or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko‘makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-
kelin orasida turli to‘qnashuvlar ham sodir bo‘lib turadi. Gap qaynona-kelin o‘rtasida borar ekan, shuni 
aytib o‘tishimiz lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarning 
diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab 
ijod etgan Sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o‘zining “Navodir ul-vaqoe” (Nodir voqealar) nomli 
kitobida qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi 
oilalarda ham bo‘lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima 
uchun urushadilar? Chunki ular nima uchun urushishayotganliklarini o‘zlari ham bilmaydilar. Shuning 
uchun urushadilar”. Demak, bu o‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish 
alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi 
sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy 
tasavvur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur 
qiladilar.
2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi 
va keskinlashadi.
3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarni bajarishga tayyor bo‘lmaydilar.
4. Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar.
5. Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yo‘lida bir-birilaridan rashk qilishlari 
asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
6. Ba’zi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-havaslarini, ishlashi yoki 
o‘qishini hisobga olmaydi.
7. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi, oqibatda qaynona-kelin orasida 
kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Bu jihatdan ko‘rinib turibdiki, onalar o‘z qizlarini kelajakdagi hayotlarini sermazmun qilib, barchaga 
ibrat bo‘ladigan, oila qurishga, iffat va hayo sohibasi bo‘lishga o‘rgatishlari zarur. Shuning bilan birgalikda 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling