Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 115 izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab bo‘lmoqda. Ikkala jins vakillari haq-huquqlarining amalda tenglashib borayotganligi xotin-qizlarning erkaklar – yigitlar oldida o‘zini tutishi va o‘z navbatida yigitlarning qizlarga, erkaklarning ayoliga bo‘lgan munosabatlari, xushomad qilishlarida o‘z aksini topmoqda. Ayniqsa, Yevropa xalqlarida nikoh oldi sovchilik instituti yo‘qolib, uning o‘rniga o‘z xohishi bilan o‘ziga nikoh sherigini tanlash an’anasi barqarorlashdi. Lekin ayni holat saqlanib qolgan mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda oila institutiga munosabat boshqacharoq, ya’ni an’analarga sodiqlik saqlanib qolgan. Sovchilikning ahamiyati shundaki, bunda o‘rtada turganlar, kelin- kuyov oilasini tanigan, bilgan, surishtirgan odamlar bo‘lgani sababli ham ular yosh oilaning mustahkam bo‘lishidan juda manfaatdordirlar, shuning uchun haqiqiy o‘zbekona mezonlar, “teng-tengi bilan” tamoyili asosida, sovchilar yordamida qurilgan nikohlar aksariyat holatlarda mustahkam bo‘ladi. Islomda oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo‘lib, insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash haqidagi umumiy g‘oya bilan bog‘liq. Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod-ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy va ma’naviy poklikka e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’naviyatda bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi qarashlar insoniylik, ezgulik va yaxshlikka da’vat etgani uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. Shunga ko‘ra, islom musulmonlargagina xos diniy qadriyat bo‘lib qolmay, balki umuminsoniy qadriyatdir. Milliy mustaqillik natijasida dinga va diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi va u oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashning muhim omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. Sharq mutafakkirlari o‘z ilmiy meroslarida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar[2.32b]. Oiladagi sog‘lom muhit ham muhim o‘rin egallaydi. Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, “Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. Shunga ko‘ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so‘zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o‘quvchini ko‘rmadim”. Uning bu so‘zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz. Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Agar oilada – deydi u, oila boshlig‘i tajribasizlik, no‘noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi mumkin”. Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino “Tadbiri al-manozil” asarida er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o‘rnak bo‘lib, kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiriladi. Ibn Sino oilada bolani ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg‘u berib, ota-onalarni farzandlariga kasb-hunar o‘rgatishga chaqiradi, mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo‘lgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib beradi. Voyaga yеtmagan farzandlarini hali oq-qorani yaxshi ajrata olmaydigan, paytda uni o‘z xoliga tashlab qo‘yish, tarbiyasiga e’tiborsizlik xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ularning yashash sharoiti, ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi bilan bog‘liq masalalarga jiddiy e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi. Bo‘sh vaqtning bir qismi ekran qarshisida o‘tar ekan, ularga turli milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o‘zida jo qilgan o‘zbek Sharq mutafakkirlari Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarini ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etib borilsa, bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ularning zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallashi, o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu jarayonda o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularni xalqimizning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling