Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
125
va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar hamda ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar
bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar hayoti, ularning psixologik muhiti voyaga yetmaganlarda xulq 
og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. 
Ma’lumki, obyektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqea-hodisalari o‘smirning ongi, xohish-irodasiga 
bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi, shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori 
mazmunini belgilab beradi. I.Pavlovning ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv 
sistemasining tug‘ma xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy 
ravishda berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham bog‘liq bo‘ladi. Bir qator tadqiqotchilarning 
ta’kidlashlaricha, inson odobli yoki odobsiz, oliyjanob yoki egoist, jinoyatchi yoki sog‘lom xulqli bo‘lib 
tug‘ilmaydi. Shaxsdagi u yoki bu xildagi xususiyatlar va ustanovkalar kishining ijtimoiy hayot faoliyati, uni 
qurshab olgan obyektiv shart-sharoitlar va voqea-hodisalar ta’sirida vujudga keladi. Ushbu shart-sharoitlar va 
obyektiv munosabatlar xarakteri individning shaxs sifatida shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, 
aytish mumkinki, shaxs xususiyatlarining shakllanishi nafaqat inson organizmining nasliy xususiyatlariga, 
balki, eng avvalo, u aloqada bo‘lgan ijtimoiy muhitga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. 
Ijtimoiy turmush shart-sharoitlari pirovard natijada inson xulq-atvorining shakl va tamoyilini belgilab 
beradi. Ma’lumki, voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishi va ijtimoiy muhit o‘rtasida o‘ziga 
xos ta’sir doirasi mavjuddir. Ushbu o‘zaro ta’sir mexanizmi nazarimizda uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Birinchidan, nosog‘lom ijtimoiy muhit bilan shaxsning o‘zaro aloqalari o‘smirlarda ijobiy qarashlarning 
salbiylashuviga olib kelsa, ikkinchidan, shaxs va nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqa kishiga 
ijtimoiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan muayyan yo‘l-yo‘riqni, xususan, g‘ayriqonuniy vazifalarni bajarish 
bo‘yicha rollarni taqsim etadi. Uchinchidan esa, g‘ayriqonuniy yo‘l-yo‘riqlar va rollar taqsimoti o‘smirda 
asta-sekin ijtimoiy muhit talab va me’yorlariga nisbatan deformatsiyalashuvning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi. Ushbu deformatsiyalashuv shaxs xulqida o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Shuning 
uchun ham xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning aksariyat qismi ijtimoiy muhitga nisbatan 
deformatsiyalashuv pog‘onasida bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tarbiyasi ijtimoiy siyosatning 
asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, mamlakatda uning bir qator mexanizmlari ishlab chiqilgan. 
Ta’lim tizimida uzluksiz olib borilayotgan islohotlar esa yoshlar ijtimoiy faolligini ta’minlashga xizmat 
qiladi. Ular orasida boshqaruvning milliy mexanizmi bo‘lgan mahalla, jamiyatning asosi oila va ta’lim 
muassasi hamkorlikdagi faoliyati va uning muvofiqlashtirib turuvchi – Oila-mahalla-ta’lim muassasasi 
hamkorligini mustahkamlash va jamoat kengashining alohida o‘rni bor. Birinchi Prizdentimiz Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir. 
Xulosa qilib aytganda, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, avvalo, ko‘plab islohotlar 
amalga oshirilayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu borada hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar 
ham mavjud. O‘z o‘rnida ushbu masalalarni hal etishda buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan nodir 
qo‘lyozmalarda yozilgan ilmiy meroslardan to‘g‘ri va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Zero, 
bizning bosh maqsadimiz yoshlarmizni shu yurt, shu millat taqdiri bilan yashaydigan yetuk insonlar qilib 
tarbiyalashdir.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling