Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 127 Darhaqiqat, bola tarbiyasida milliy qadriyatlarimizdan ustun qonuniyat yo‘q ekani ming yillar mobaynida sinovdan o‘tgan. Shundan kelib chiqish aytish mumkinki, oilada erning o‘z o‘rni va xotinning o‘z o‘rni bo‘lganidek, farzand tarbiyasida ham otaning o‘z o‘rni va onaning o‘z o‘rni bor. Agar bu tamoyilga amal qilinmasa, ya’ni biri ikkinchisini inkor etib, har biri o‘z bilganicha harakat qilsa, bola nafaqat odobsiz, dangasa, qo‘rs va toshmehr bo‘lib o‘sadi, balki xudbin, xiyonatkor, faqat o‘zi uchun yashaydigan kimsa bo‘lib voyaga yetadi. Muxtasar aytganda, bolada sog‘lom ongni shakllantirish imkoniyati boy berilsa, u voyaga yetganidan so‘ng oiladagi va jamiyatdagi hayot qonuniyatlariga zid xatti-harakatlar qiladi. Bunday paytda hech narsa, afsuski, foyda bermaydi. O‘zbekchilik, milliy va ma’naviy qadriyatlar, avlod-ajdodlar, o‘tmish va kelajak haqidagi pand-nasihatlarimiz endi unga ta’sir qilmaydi. Shu bois ham buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, degan edi. Mutaxassislarning fikricha, tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi. Demak, biz farzandimizga besh yoshgacha nima qilgan bo‘lsak, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi. Keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi. Ana shu jarayonda bola tarbiyasiga o‘ta e’tiborli bo‘lishimiz lozim. O‘g‘il-qizlarimizning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, ularni har jihatdan barkamol etib tarbiyalash maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, farzand tarbiyasida onaning mehri otaning talabchanligi, lozim bo‘lganda qattiqqo‘lligi bilan mushtarak bo‘lmog‘i kerak. Oilada ayniqsa otaning o‘rni beqiyos. Markazimiz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda ko‘pgina oilalarda otaning mavqeyi ikkinchi darajaga tushib qolgan. Onaning o‘z erini mensimay qo‘yishi, bolalar oldida uni kamsitish, g‘ururini yerga urish hollariga tez-tez duch kelmoqdamiz. Bunday hollar farzandlar tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir etishi aniq. Otaning hurmat-izzatini joyiga qo‘ymaydigan farzand uyda ham, ko‘chada ham xohlagan noma’qulchiligini qilaveradi. Shu sababli ham bizda qadim-qadimdan bola tarbiyasida otaning mavqeyi va obro‘si har doim juda baland bo‘lib kelgan. O‘z o‘rnida, farzand tarbiyasida onaning ham o‘ziga xos o‘rni borligini inkor etib bo‘lmaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, o‘z onasi tarbiyasini olgan, uning g‘amxo‘rligi, mehrini doimo his etib turgan bolalar butunlay o‘zlarini jamoat ishlariga baxshida qilib, farzandlaridan uzilib qolgan onalarning bolalariga qaraganda sog‘lom, aqlli, tarbiyali va ko‘ngilchan bo‘lib ulg‘ayishar ekan. AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlarda qamalganlarning yarmidan ko‘pi ona mehriga to‘ymagan yoshlar ekani ma’lum bo‘lgan. Farzandga mehr degan ulug‘ tuyg‘uni onadan boshqa hech kim bera olmasligi ushbu misoldan ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, oilada farzand tarbiyalashda bobo va buvilarning tajribalariga tayanish an’anaviy qadriyatlarimizning uzviy qismi bo‘lib kelgan. Yoshi ulug‘ otaxon-onaxonlarimizning o‘z nevaralariga bergan: suvga tupurma, nonni ko‘zingga surt, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l, haromdan hazar qil, odob-axloqli bo‘l singari hayotiy o‘gitlari, pand-nasihatlari ularning kelgusida har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol, komil shaxslar bo‘lib yetishishiga sabab bo‘lganiga tarixda misollar juda ko‘p. Bu o‘rinda birgina Mirzo Ulug‘bekni buvisi Bibixonim tarbiyalagani haqida to‘xtalish kifoya. Biroq keyingi vaqtlarda ota-onalar ham, bobo-buvilar ham tarbiyada bu kabi qadriyatlarimizni unutib qo‘yishayotgandek, nazarimizda. 2020-yili “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ayrim ota-onalar turli sabablar tufayli farzand tarbiyasiga yetarlicha e’tibor berishmayotgani va bu masalaga mas’uliyat bilan yondashishmayotgani ma’lum bo‘ldi. Ishtirokchilarning to‘rtdan bir qismi farzandi maktabda darsga qatnashmayotganini tan olgan va buni ularning o‘qishga qiziqishi yo‘qligi yoki oilaviy ahvoli yaxshi emasligi bilan izohlagan. Har o‘ninchi ota-ona farzandi bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani, mobil telefondan qanday maqsadlarda foydalanayotgani bilan qiziqmaydi va bu borada bolasiga ishonishini qayd etgan. Vaholanki, bola tarbiyasi o‘ta murakkab va mas’uliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan xabardor bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas. U o‘z ichiga ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy, tibbiyot, etika, diniy-axloqiy, psixologiya, pedagogika kabi sohalarga oid bilimlarni qamrab oladigan murakkab jarayondir. Bugungi kunda jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ham ortib bormoqda. Bu esa, oilada bolaga psixologik, estetik, axloqiy, diniy-ma’rifiy, jinsiy tarbiya berish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling