Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 128 sifati va ko‘lamini oshirishni taqozo etmoqda. Farzand tarbiyasida bola huquqlari hech qachon kamsitilmasligi kerak. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Qisqa qilib aytganda, ajdodlarimizning uzoq davr mobaynida tarbiya sohasida orttirgan tajribalari asosidagi ta’limotlar negizida shu ma’no anglashiladiki, tarbiyachining o‘zi hamisha o‘rnak bo‘lishi zarur. Prezidentimiz qarori bilan tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga qarashli Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oilalarni, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga muhim masala sifatida alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Jumladan, mazkur hujjatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolgan holda zamonaviy oila modelini shakllantirish uchun tarixiy-madaniy shart-sharoitlarni kompleks tadqiq etish, ularni keng targ‘ib qilish va hayotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish belgilangan. Bu borada yosh avlodda ma’naviy-axloqiy, odob qadriyatlarni va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish, oilada avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy an’analarni rivojlantirish, bolalarning nazoratsizligi va qarovsizligi, ular orasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga doir samarali mexanizmlarni joriy qilish, farzand tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, saqlash va rivojlantirish, oila a’zolarining huquqlariga rioya qilish, bolaning oilada yashash va tarbiya olish huquqini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalash omillariga alohida e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Bugun yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning zamirida ham biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik- xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdek hamda zamonaviy oilalarni shakllantirishdek oliy maqsadlar mujassamdir. Inson uchun zarur bo‘lgan olijanob insoniy tuyg‘u va fazilatlar, inson kamoloti oiladan, uning sog‘lom turmush tarzidan boshlanadi. Har bir yurtning buguni va kelajagi, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli tom ma’noda, mamlakat kelajagi bo‘lmish yoshlarga, ularning jisman sog‘lom, ma’naviy, barkamol va aqlan yetuk bo‘lishi masalalariga bog‘liq. Oiladan boshlangan mehr-muruvvat, tinchlik-osoyishtalik kabi qator xatti-harakatlar o‘zaro munosabatlarda davom etadi, unadi, o‘sadi, meva beradi. Bu esa oiladagi sog‘lom muhit, ma’naviy, ruhiy va axloqiy tamoyil hamda me’yorlar asosida shakllanadi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi mazmun- mohiyat kasb etadi, takomillashib boradi va zamonaviy, namunali oilalarni shakllanishida asosiy omil bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib, har birimiz farzandlarimiz tarbiyasiga o‘ta e’tiborli bo‘lishimiz, bu muhim masalada loqaydlik va beparvolikka yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Bu borada, ayniqsa, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish, eng avvalo, ota-onalarning oldida turgan ustuvor vazifadir. Boshqacha aytganda, har bir inson milliy qadriyatlarimizga ahamiyat qaratib, o‘z farzandi ongida axloqiy qadriyatlarni bolaligidanoq shakllantirib borishi lozim. Xulosa o‘rnida aytganda, oilada bola tarbiyasi har qanday zamon va makonda ham davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan ustuvor masala hisoblangan. Bu borada zamonaviy oilada voyaga yetayotgan farzandni oila qadriyatlarini yo‘qotmagan holda jamiyatning faol fuqarosiga aylantirish, nafaqat ota-ona, balki har bir inson o‘z burchi va mas’uliyatini chuqur his etishi maqsadga muvofiqdir. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling